FIFA Jahon kubogi O‘zbekistonda — foto

28-yanvar 2026 11:18 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: Kursiv Uzbekistan

27-yanvar kuni FIFA World Cup Trophy Tour doirasida futbol bo‘yicha Jahon chempionati kubogi O‘zbekistonga yetib keldi. Sovrinni italiyalik sobiq jahon chempioni Marko Materatssi olib keldi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov hamda qo‘mita bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Mazkur tashrif FIFA Jahon chempionati kubogining rasmiy sayohati doirasida amalga oshirilmoqda. 2026-yil 3-yanvar kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridan start olgan tur jami 75 ta manzilni qamrab olishi rejalashtirilgan.

Toshkentga kelishdan avval kubok Vena, Seul, Tokio, Nyachang va Kuala-Lumpur kabi Yevropa va Osiyoning qator shaharlarida namoyish etilgan.

Avvaalroq Kursiv Uzbekistan «JCH – 2026» chiptalariga talab rekord darajaga yetgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek