
iPhone 17 Pro Max hozirgi kunda eng kuchli iPhone va umuman olganda eng yaxshi smartfonlardan biri. Ammo tajribali foydalanuvchi ham, ayrim foydali sozlamalarni bilmasligi mumkin. Quyida Tom’s Guide nashri asosida iPhone 17 Pro Max’dan yanada qulay foydalanish uchun o‘zgartirish tavsiya etiladigan 7 ta muhim sozlama keltiriladi.
1. Action tugmasini o‘zingizga moslab sozlang

iPhone 17 Pro Max’dagi Action tugmasi eski ovozni o‘chirish slayderi o‘rniga kelgan. U sukut bo‘yicha ovozni o‘chiradi, ammo uni boshqa vazifalarga ham moslash mumkin.
Sozlash uchun: Settings > Action Button bo‘limiga kiring.
Bu tugma orqali kamera ochish, fonarni yoqish, Focus rejimini faollashtirish, ovoz yozish yoki o‘zingiz tanlagan Shortcut’ni ishga tushirish mumkin.
2. Siri’ni ovoz bilan chaqirishni o‘chiring

Siri ba’zida noto‘g‘ri eshitib, o‘zi ishga tushib ketishi mumkin. Agar bu sizga noqulay bo‘lsa, uni faqat tugma orqali chaqirishni yoqish mumkin.
Buning uchun: Apple Intelligence & Siri > Talk & Type to Siri bo‘limiga o‘ting va Off holatini tanlang. Endi Siri faqat quvvat tugmasini bosib ushlaganda ishga tushadi.
3. Kamera sozlamalarini oldindan moslab qo‘ying

iPhone 17 Pro Max kuchli kameraga ega, lekin undan to‘liq foydalanish uchun sozlamalarni tekshirib chiqqan ma’qul. Settings > Camera bo‘limida siz:
- surat va video formatlarini;
- rang uslubini (Photographic Style);
- panjara va tekislash chiziqlarini yoqishingiz mumkin.
Eng muhim bo‘lim Preserve Settings. Bu yerda kameradan chiqqandan keyin qaysi sozlamalar saqlanib qolishini belgilaysiz.
4. Batareya foizini ekranda ko‘rsating

Standart holatda iPhone batareya foizini faqat Control Center’da ko‘rsatadi. Buni doimiy ko‘rinadigan qilish mumkin.
Buning uchun Settings > Battery bo‘limiga kirib, Battery Percentage’ni yoqing.
5. Optimallashtirilgan quvvat va zaryadlashni yoqing

Batareya uzoq xizmat qilishi uchun maxsus sozlamalar mavjud.
Settings > Battery > Charging bo‘limida zaryad limitini (80–100%) tanlang, Optimized Battery Charging’ni yoqing.
Shuningdek, Battery > Power Mode bo‘limida Adaptive Power va Adaptive Power Notifications’ni yoqib, telefonning quvvatni aqlli boshqarishiga ruxsat bering.
6. Always-On Display’ni o‘zingizga moslang

Doimiy yoqilgan ekran (Always-On Display) soat va bildirishnomalarni ko‘rsatib turadi. Agar bu sizga yoqmasa yoki chalg‘itsa, uni o‘zgartirish mumkin.
Settings > Display & Brightness > Always On Display bo‘limida:
- funksiyani o‘chirish;
- fon rasmini yashirish yoki xiralashtirish mumkin.
7. Haptic Touch’ni tezlashtiring

Uzoq bosish (Haptic Touch) ba’zida sekin ishlayotgandek tuyuladi. Uni tezroq qilish mumkin.
Buning uchun Accessibility > Touch > Haptic Touch bo‘limiga o‘ting va Fast variantini tanlang. Shu yerda sinab ko‘rish ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple Siri’ni to‘liq chat-botga aylantirishi haqida xabar berilgandi. Manbalarning ta’kidlashicha, Campos nomi ostida ishlab chiqilayotgan yangi chatbot iPhone, iPad va Mac operatsion tizimlariga chuqur integratsiya qilinadi.