
«Oltin» («Gold», 2016) real voqealarga asoslangan dramatik film bo‘lib, unda sarguzasht, moliyaviy firibgarlik va inson ochko‘zligi mavzulari markazda turadi.
Film 1990-yillarda sodir bo‘lgan mashhur oltin mojarosidan ilhomlangan bo‘lib, bosh rolni Mettew Makkonahi ijro etgan. Asar boylik ortidan quvish insonni qayergacha olib borishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Syujet markazida bankrotlik yoqasiga kelib qolgan tadbirkor Kenny Uells turadi. U hayotini o‘zgartiradigan katta imkoniyat izlab, Indoneziya junglilarida ishlaydigan tajribali geolog Maykl Akosta bilan hamkorlik qiladi. Ikkisini birlashtirgan yagona orzu ulkan oltin konini topish va qisqa fursatda boyib ketish.
Qattiq iqlim, kasalliklar va moliyaviy bosimlarga qaramay, ular nihoyat katta oltin zaxirasini topgandek bo‘ladi. Bu xabar tez orada moliya bozorlarini larzaga keltiradi, kompaniya aksiyalari keskin oshadi va Kenny Uells ommaviy axborot vositalarida muvaffaqiyat timsoliga aylanadi. Biroq boylik bilan birga shubha va xavf ham keladi.
Film asta-sekin oltin topilgani atrofidagi savollarga e’tibor qaratadi. Tekshiruvlar, investorlarning bosimi va ichki ziddiyatlar voqealar rivojini keskin o‘zgartiradi. Tomoshabin moliyaviy bozorlarda ishonch, yolg‘on va manipulyatsiya qanday ishlashini yaqqol ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «Mikki 17» filmi haqida ma’lumot bergandi.
