
Leapmotor kompaniyasi 2026-yilda Ispaniya bozoriga to‘rtta yangi elektromobil bilan kirishni rejalashtirdi. Brend arzon segmentga urg‘u berib, dilerlar tarmog‘ini ham kengaytiradi.
Birinchi bo‘lib uzoq masofali versiyadagi Leapmotor B10 bozorga chiqadi. Keyin 500 km dan ortiq yurish zaxirasiga ega Leapmotor B05 taqdim etiladi. Kuz faslida shahar uchun mo‘ljallangan Leapmotor B03X sotuvga chiqadi.

B05 va B03X Ispaniyaning Figueruelas shahridagi Stellantis zavodida ishlab chiqariladi. Mahalliy ishlab chiqarish logistika xarajatlarini kamaytiradi va xaridorlar ishonchini oshiradi.
Yilning eng muhim yangiligi sifatida Leapmotor A05 kutilmoqda. U 20 ming yevrodan past segmentda joylashadi va BYD Dolphin Surf’ga to‘g‘ridan to‘g‘ri raqib bo‘ladi. Narx Xitoy bozoriga yaqin saqlansa, model Ispaniyada eng ommabop EV’lardan biriga aylanishi mumkin.
Leapmotor 2026-yilda dilerlar sonini 65 tadan 80 tagacha oshirmoqchi. T03 savdolarining o‘sishi va C10’ning yaxshi starti fonida kompaniya yilning ikkinchi yarmida budjet segmentida yetakchi bo‘lishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Leapmotor B05 avtomobili haqida yozgan edi.