O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk marta 10,3 mln so‘mga yaqinlashdi

eʼlon qilindi
28-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:41 holatiga
Oltin quymalarni qanday sotib olish mumkin
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 10,3 mln so‘mga yaqinlashdi / Foto: Finlit

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 10,3 mln so‘mga yaqinlashdi. Markaziy bank 28-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:41 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.

Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 10,187 mln so‘mdan 10,291 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 9,791 mln so‘mdan 9,796 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 9,692 mln so‘mdan 9,698 mln so‘mga ko‘tarildi.

Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas)
5 gramm10 291 000 so‘m9 796 000 so‘m9 698 000 so‘m
10 gramm20 582 000 so‘m19 593 000 so‘m19 395 000 so‘m
20 gramm41 165 000 so‘m39 186 000 so‘m38 790 000 so‘m
50 gramm102 912 000 so‘m97 965 000 so‘m96 975 000 so‘m
100 gramm205 825 000 so‘m195 929 000 so‘m193 950 000 so‘m

Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Jahon bozorida oltin narxi tarixiy rekordni yana bir bor yangiladi. 28-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:04 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $5 249 ni tashkil etdi. Mutaxassislar fikricha, oltin narxining oshishi asosan AQSh dollari bilan kuchli teskari bog‘liqlik bilan izohlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yilda oltinning «xavfsiz aktiv» sifatida qanchalik samarali bo‘lishi, qayerdan va qaysi davrda sotib olish eng foydali ekani haqida ekspertlar fikrini o‘rgangandi.

Shuningdek