Gadjetlar

Redmi Turbo 5 smartfonining narxi e’lon qilindi

Qurilma premium korpusga ega
Foto: Redmi

Xiaomi kompaniyasi tomonidan yaqinda taqdim etiladigan Redmi Turbo 5 smartfonining narxi e’lon qilindi. Kompaniya prezidenti Lu Veybing Turbo 5 modeli haqida ma’lumot berdi. Smartfon $300dan arzon narxda yuqori imkoniyatlarni taklif etadi.

Qayd etilishicha, qurilma premium korpusga ega. Orqa paneli shishadan tayyorlangan. Korpus ergonomik va vazni muvozanatli. Dizayni Redmi Turbo 5 Max uslubida bo‘ladi.

Foto: Redmi

Smartfon 6,59 dyuymli ekran bilan jihozlanadi. Yupqa korpus ichida 7560 mA·soat sig‘imli batareya joylashtirilgan. Bu uzoq muddat ishlashni ta’minlaydi.

Qurilma 100 Vt quvvatda simli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. 27 Vt simli teskari quvvatlash ham mavjud. Smartfon barcha tezkor zaryadlovchilar bilan mos keladi. Redmi Turbo 5 taqdimoti 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Foto: Redmi

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi Redmi Turbo 5 Max qanday texnik xususiyatlarga egaligi haqida yozgan edi.