Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 Ultra kuchli displey bilan taqdim etiladi

Privacy Display texnologiyasi joriy etiladi
Samsung Galaxy S26 Ultra kuchli displey bilan taqdim etiladi / Foto: Samsung

Samsung’ning navbatdagi flagman smartfoni bo‘yicha muhim texnik yangiliklar ma’lum qilindi. Bu haqda insayder Ice Universe ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Samsung Galaxy S26 Ultra 10-bitli displeyga ega bo‘ladi, bu esa ranglarning yanada aniq va tabiiy uzatilishini ta’minlaydi.

10-bitli rang ifodasi ko‘proq rang tuslarini aks ettirish imkonini beradi, gradientlarda «chiziqlanish» ehtimolini kamaytiradi va tungi suratlar, video hamda HDR kontent sifatini oshiradi. Bu texnologiya, ayniqsa, murakkab sahnalarda tasvir aniqligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Shuningdek, kompaniya flagman modelni yangi avlod Gorilla Glass ultra-mustahkam oynasi bilan jihozlashi kutilmoqda. Ushbu himoya qatlami qurilmaning zarbalarga va shikastlanishga chidamliligini oshiradi.

Foto: Samsung

Bundan tashqari, Privacy Display texnologiyasi joriy etilishi haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu texnologiya ekran mazmunini yon tomondan ko‘rishni qiyinlashtiradi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaralganda tasvir aniq bo‘lib qoladi, yon tomondan esa xiralashadi.

Ma’lumot uchun, liniyaning rasmiy taqdimoti 25-fevral kiniga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung bukilishi deyarli sezilmaydigan smartfon ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edik.