Avto

Skoda Epiq 2026 avtomobili haqida nimalar ma’lum

Ishlab chiqarish Ispaniyaning Landaben zavodida yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Skoda

Skoda kompaniyasi Skoda Epiq 2026 modelini joriy yil may oyida bozorga chiqarishga hozirlikni yakunlamoqda. Bu haqda 32cars portali xabar bermoqda. Model ommaviy yo‘llarda kamuflyajsiz sinovdan o‘tayotgani uning seriyali debyuti yaqinligini ko‘rsatadi.

Epiq MEB platformasida qurilgan. Elektromotor old o‘qda joylashgan. Versiyalarga qarab quvvati 220 ot kuchigacha yetadi. Bir zaryadda yurish masofasi taxminan 420 km bo‘lishi kutilmoqda.

Dizaynda Skoda’ning Modern Solid uslubi qo‘llangan. Old qismida ikki pog‘onali optika va T shaklidagi kunduzgi chiroqlar bor. Ayrim vertikal havo kirishlari sovitish va aerodinamika uchun faol ishlaydi. Yuqori komplektatsiyada 19 dyuymli disklar va qora kontrast elementlar mavjud.

Foto: Motor.es

Ishlab chiqarish Ispaniyaning Landaben zavodida yo‘lga qo‘yiladi.

Boshlang‘ich narx 25 ming yevrodan past bo‘lishi kutilmoqda. Bu Epiq’ni shahar elektr krossoverlari segmentida raqobatbardosh qiladi.

Skoda yangi model bilan bozordagi ulushini kengaytirishni maqsad qilgan. Kompaniya Epiq savdosi kattaroq Elroq muvaffaqiyatini takrorlashiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Skoda Kushaq 2026 taqdim etilgani haqida yozgan edi.