Yangiliklar

“Tashabbusli budjet”ning 10-mavsumi 1-fevraldan start oladi

Jarayon doirasida 1–20-fevral kunlari fuqarolar o‘z loyihalarini taqdim etishi mumkin bo‘ladi
Foto: Yuz.uz

1-fevraldan «Tashabbusli budjet» jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur mavsum loyiha joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi mavsum hisoblanadi. Jarayon doirasida 1–20-fevral kunlari fuqarolar o‘z loyihalarini taqdim etishi mumkin.

21-fevraldan 7-martgacha loyihalar saralab olinadi. 8–10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi. 11–20-mart oralig‘ida ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. 21–31-mart kunlari esa qo‘shimcha g‘oliblar e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, asosiy g‘olib loyihalar 21-mart Navro‘z bayrami kuni rasman e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Ochiq budjet» portalida yangi funksiyalar ishga tushgani haqida yozgan edi.