Yangiliklar

Xiaomi 17 Max 200 megapikselli kamera va 8000 mAch quvvatga ega bo‘ladi

Yangi flagman kuchli Snapdragon protsessori bilan jihozlanishi kutilmoqda
Foto: mi.com

Hali taqdim etilmagan Xiaomi 17 Max smartfonining texnik xususiyatlarini e’lon qilindi. Sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma rekord darajadagi 8000 mAch akkumulyator va takomillashtirilgan kamera tizimiga ega bo‘ladi.

Asosiy kamera moduli 200 megapikselli Samsung ISOCELL HPE sensori bazasida ishlaydi. Unga qo‘shimcha ravishda 50 megapikselli Sony IMX8 periskop moduli va xuddi shunday aniqlikdagi ultra keng burchakli obyektiv o‘rnatiladi. Xiaomi ushbu modelda ham Leica kompaniyasi bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Foto:

Smartfonning Xitoydagi taqdimoti 2026-yilning ikkinchi choragiga rejalashtirilgan. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori, 6,8 dyuymli ekran va 100 Vt quvvatdagi tezkor simli quvvatlash tizimi bilan ta’minlanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar Xiaomi 17 Max modelini bazaviy versiyaga qaraganda ancha ilg‘or tizimga aylantiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi SU7 Xitoyda ilk bor Tesla Model 3’ni ortda qoldirgani haqida xabar bergan edi.