AvtoVAZ yangilangan Lada Aura 2026 savdosini boshladi: narx

AvtoVAZ kompaniyasi rasmiy dilerlarga yangilangan Lada Aura 2026 modelini yetkazib berishni boshladi. Bu haqda ishlab chiqaruvchi matbuot xizmati xabar bermoqda. Yangi versiya zamonaviy elektronika va qulaylik tizimlari bilan boyitilgan.
Yangi Aura modelida kalitsiz kirish tizimi joriy qilingan bo‘lib, u avtomobilga 1,5 metr masofada yaqinlashganda eshik qulflarini avtomatik ochadi. Hozircha iqlim nazorati tizimi mavjud emas, biroq kompaniya uni yil davomida qo‘shishni rejalashtirmoqda. Mashina Sber servislari hamda ovozli yordamchini qo‘llab-quvvatlaydigan yangilangan multimedia tizimiga ega.

Aura Premier komplektatsiyasi LED optika, to‘rtta xavfsizlik yostig‘i, ESP tizimi, parktroniklar, konditsioner va kruiz-nazoratni o‘z ichiga oladi. Status versiyasida esa charm salon, orqa o‘rindiqlar isitish tizimi hamda 10 dyuymli ekranga ega Lada Enjoy Vision Pro tizimi taklif etiladi.
Lada Aura’ning bazaviy komplektatsiyasi narxi 2,27 mln rubldan (313 mln so‘m) boshlanadi. Top versiyalarida Yandex Avto xizmatlari ham qo‘llab-quvvatlanishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi Lada Granta faqat mexanik uzatmalar qutisi bilan ishlab chiqarilishi haqida xabar bergan edi.