Germaniya fuqarolari davlat qarzini uzish uchun 147 ming dollar mablag‘ yig‘di

Germaniya fuqarolari 2025-yilda mamlakat davlat qarzini to‘lash uchun ixtiyoriy ravishda 123 ming yevro ($147 ming) xayriya qildi. Bu haqda DW nashri xabar bermoqda.
Joriy yilda amalga oshirilgan eng katta bir martalik xayriya 24 ming yevro ($28,7 eng) kichigi esa bir sentni tashkil etgan. Ma’lum qilinishicha, bunday xayriyalar uchun maxsus hisob raqami 2006-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida mazkur hisobga jami 1,7 mln yevro ($2,4 mln) mablag‘ kelib tushgan.

Hisob-kitoblariga ko‘ra, agar Germaniya hukumati yangi kreditlar olmasa va xayriyalar hozirgi sur’atda davom etsa, davlat qarzidan to‘liq qutulish uchun 21 mln yil kerak bo‘ladi. Bu hisob-kitoblar fuqarolar tashabbusining ramziy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Tramp har bir amerikalikka ikki ming dollardan to‘lashni va’da qilgani haqida xabar bergan edi.