Honor yangi buklanadigan smartfon ustida ishlamoqda

29-yanvar 2026 07:01 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Honor yangi buklanadigan smartfon ustida ishlamoqda / Foto: Huawei Central

Honor kompaniyasi Magic Vs liniyasida navbatdagi buklanadigan modelni taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda Huaweo Central xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, shu shaklidagi boshqa buklanadigan smartfonlarga nisbatan kengroq bo‘ladi. Uning asosiy ekrani taxminan 4:3 tomonlar nisbatiga ega bo‘lib, bu video tomosha qilish uchun qulay hisoblanadi.

Honor’ning yangi qurilmasi haqida boshqa tafsilotlar hozircha noma’lum. Biroq manbada tilga olingan Wangzai Knows Everything insayderi kompaniya bu yil flip formatidagi yangi buklanadigan smartfon chiqarishni rejalashtirmayotganini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Huawei noutbuk o‘rnini bosuvchi planshetni taqdim etgan edi.

Shuningdek