iPhone 16 dunyodagi eng ommabop smartfon bo‘ldi

29-yanvar 2026 13:19 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iPhone 16 dunyodagi eng ommabop smartfon bo‘ldi
Foto: Apple

Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi 2025-yil yakunlari bo‘yicha dunyodagi eng ommabop smartfonlar reytingini e’lon qildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda. Hisobotga ko‘ra, global bozorda eng ommabop model Apple’ning iPhone 16 smartfoni bo‘ldi.

Reytingda yetakchilik avvalgidek ikki brend o‘rtasida bo‘lingan. Apple o‘nta modeldan yettitasini egallagan bo‘lsa, qolgan uch o‘rin Samsung smartfonlariga to‘g‘ri kelgan. Mutaxassislar Apple va Samsung’ning bozordagi ustunligi ketma-ket to‘rtinchi yil saqlanib qolayotganini qayd etmoqda.

Counterpoint Research’ning tahlilchisi Harshit Rastogi yangi iPhone 17 liniyasiga bo‘lgan talab keskin oshganini ta’kidladi. Mazkur smartfonlarning sotuvlari taqdimotdan keyingi ilk chorakda avvalgi avlodga nisbatan 11 foizga ko‘paygan. Eng katta o‘sish standart iPhone 17 modelida kuzatilgan. Shuningdek, iPhone ekotizimiga kirish darvozasiga aylangan iPhone 16e modeli AQSh va Yaponiyada yuqori natijalar ko‘rsatgan.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, Android qurilmalari orasida dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfon Samsung Galaxy A16 5G bo‘ldi. Tahlilchilarga ko‘ra, ushbu modelning muvaffaqiyati uning narx va texnik imkoniyatlar o‘rtasidagi muvozanati bilan izohlanadi. Shuningdek, eng ommabop o‘nlikka Samsung Galaxy S25 Ultra modeli ham kirgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri iPhone 17 Pro Max sotib olganda o‘zgartirish kerak bo‘lgan 7 ta sozlama haqida yozgan edi.

Shuningdek