Kia Sonet avtomobilining yangi versiyasi namoyish qilindi — foto

29-yanvar 2026 17:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Kia Sonet avtomobilining yangi versiyasi namoyish qilindi - foto
Foto: You Tube’dagi Area of Interest kanali / Fototahrir: Kursiv Uzbekistan

You Tube’dagi Area of Interest kanali Kia Sonet avtomobilining Kia Sonet HTK Plus modeli namoyish etildi. Kursiv Uzbekistan model haqida maqola tayyorladi.

Maqolada quyidagilar haqida so‘z boradi:

Tashqi dizayn va yoritish tizimi

Foto: You Tube

Kia Sonet HTK Plus subkompakt krossover segmentida zamonaviy va aniq chiziqlarga ega dizayn bilan ajralib turadi. Oq rangdagi кузов qora plastik himoya elementlari bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, avtomobilga SUVlarga xos jiddiy ko‘rinish beradi. Old qismida katta qora radiator panjarasi joylashgan bo‘lib, u Kia’ning yangi logotipi bilan yakunlangan. Old optika dizayni ixcham va agressiv shaklda ishlangan, kunduzgi LED chiroqlar asosiy faralar bilan vizual tarzda birlashtirilgan.

Orqa qismida esa to‘liq LED stop-chiroqlar o‘rnatilgan. Ular ingichka yorug‘lik paneli orqali bir-biriga ulanadi va avtomobilni kechasi uzoq masofadan ham oson tanitadi. Burilish signallari sariq rangda bo‘lib, alohida segmentda joylashgan. Orqa eshikda «Sonet» nomi ixcham uslubda yozilgan.

Foto: You Tube

Yon tomondan qaralganda, avtomobilning balandligi va ixcham proporsiyalari aniq seziladi. Eshiklar pastki qismidagi qora plastik qoplamalar nafaqat dizaynni boyitadi, balki kundalik foydalanishda himoya vazifasini ham bajaradi. Yon oynalarda LED burilish ko‘rsatkichlari mavjud.

Tom qismida integratsiyalashgan kumush rangli relslar joylashgan. Bu elementlar tashqi ko‘rinishni yanada boyitadi va funksional jihatdan ham foydali hisoblanadi. Antenna esa akula suzgichiga o‘xshash shaklda ishlangan.

G‘ildiraklar va shinalar

Foto: You Tube

Kia Sonet HTK Plus 16 dyuymli yengil qotishmali disklar bilan jihozlangan. Disklar qora va kumush rang uyg‘unligida, keskin geometrik shakllarda ishlangan bo‘lib, avtomobilga sportona ruh bag‘ishlaydi. Shinalar o‘lchami 215/60 R16 bo‘lib, Apollo brendiga mansub. Ushbu konfiguratsiya shahar va magistral yo‘llarda barqarorlikka qaratilgan.

Ichki salon va umumiy dizayn

Salon qora va bej ranglardan iborat ikki rangli dizaynda yaratilgan. Bunday yechim ichki makonni yorqinroq qilib ko‘rsatadi va avtomobilni o‘z sinfidagi oddiy modellardan ajratib turadi. Materiallar silliq, elementlar esa mantiqiy joylashtirilgan.

Foto: You Tube

Old va orqa o‘rindiqlar mato qoplamaga ega bo‘lib, geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Old o‘rindiqlarda sozlanadigan bosh tirgaklari mavjud. Orqa qatorda ham ikki dona sozlanadigan bosh tirgak o‘rnatilgan. Markaziy qismda bukiladigan qo‘ltiqtayoq bo‘lib, unda stakan qo‘yish joylari mavjud.

Tom qismida lyuk joylashgan. U salonni yorug‘roq qiladi va ichki makonda kenglik hissini oshiradi. Tom qoplamasi och rangda bajarilgan bo‘lib, umumiy interyer dizayni bilan uyg‘unlashgan.

Multimedia va iqlim nazorati

Markaziy panelning yuqori qismida 8 dyuymli sensorli multimedia ekrani joylashgan. Tizim Android Auto va Apple CarPlay’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Bluetooth, USB va radio funksiyalari mavjud. Ekran ikki tomondan jismoniy tugmalar va aylanuvchi boshqaruv elementlari bilan to‘ldirilgan.

Foto: You Tube

Multimedia tizimi ostida avtomatik iqlim nazorati bloki joylashgan. Raqamli displeyda harorat ko‘rsatkichi aniq aks etadi. Old va orqa oynalarni muzdan tushirish, salon ichida havo aylanishini boshqarish imkoniyati ham ko‘rinadi.

Haydovchi joyi va boshqaruv

Rul g‘ildiragi zamonaviy dizaynda bo‘lib, ko‘p funksiyali tugmalar bilan jihozlangan. Rul o‘ng tomonda joylashgan. Haydovchi oldida kombinatsiyalashgan asboblar paneli o‘rnatilgan. Markaziy konsolda 6 pog‘onali mexanik uzatma dastagi joylashgan bo‘lib, uning yonida USB portlar va quvvat chiqishi uchun joylar mavjud.

Foto: You Tube

Haydovchi eshigida barcha oynalarni elektr orqali boshqarish tugmalari, yon oynalarni sozlash va blokirovka tugmalari joylashtirilgan. Eshik dizayni ham qora va bej ranglar uyg‘unligida ishlangan. Avtomobilda keyless entry funksiyasi mavjudligi eshik tutqichlari orqali ko‘rinadi.

2026 Kia Sonet HTK Plus (VFM Model) with On Road Price List & Mileage

Kursiv Uzbekistan Kia Sonet 2026 avtomobilining dizayni namoyish qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek