
29-yanvar kuni birja savdolarida kumushning narxi tarixda ilk bor troya unsiyasi uchun $120 darajasidan yuqoriga chiqdi. Buni Comex savdolari ko‘rsatmoqda.
Toshkent vaqti bilan 11:29 holatiga kumush narxi mazkur darajani kesib o‘tdi. Kun davomida narxlar keskin tebranib, 13:36 ga kelib troya unsiyasi $117,10 atrofida baholandi. Trading Review ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi o‘sish sur’ati 1980-yildan beri kuzatilgan eng keskin ralli hisoblanadi.
Mutaxassislar kumush narxining keskin oshishini uning qimmatbaho metall sifatidagi jozibasi va bozordagi taklif tanqisligi bilan izohlamoqda. Zaxiralar pastligicha qolayotgani, taklif esa cheklangani narxlar bosimini kuchaytirgan.
Shu bilan birga, yuqori narxlar sanoat tarmoqlarida kumushga bo‘lgan talabni qisqartirishi mumkin. Ekspertlar bahosiga ko‘ra, yaqin davrda bozorda yuqori narx saqlanib qolishi ehtimoli mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri jahonda oltin narxi ilk bor $5,2 mingdan oshdigani haqida yozgan edi.