
Yaponiya avtomobil brendi Nissan 2026-yil boshidan Qozog‘iston bozorida faoliyatini rasmiy ravishda tikladi. Yangilangan model qatorining birinchi avtomobillari Qashqai krossoveri va yettinchi avlod Patrol yengil avtomobili bo‘ldi.
2022-yilda to‘xtatilgan yetkazib berish endilikda Nissan’ning Yaqin Sharq bo‘limi tomonidan boshqariladi, bu esa savdoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta yo‘lga qo‘yishga imkon berdi. Birinchi bosqichda dilerlik markazlari Astana va Olmaotada ochildi.

Nissan Patrol to‘rtta jihozlash variantida taqdim etiladi; 3,5 litrli V6 dvigateli 425 ot kuchiga ega va 9 pog‘onali avtomatik uzatma bilan ishlaydi. Flagman modelining narxi 54,9 dan 69,9 million tengegacha ($108,9 mingdan $138,5 minggacha) bo‘ladi.
Nissan Qashqai narxi 20,4 dan 24,4 mln tengegacha ($40,4 mingdan $48,4 minggacha) baholangan. Model 2,0 litrli, 150 ot kuchiga ega dvigatel va variator bilan jihozlangan, uzatma esa old g‘ildirakdan tortuvchi yoki to‘liq tortuvchi bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 2026-yil davomida Qozog‘istonda Nissan X-Trail va Pathfinder krossoverlarining rasmiy savdosi ham boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dongfeng Nissan yangi gidrid sedan Nissan N6’ni namoyish etgan edi.

