Lifestyle

OpenAI ilmiy tadqiqotlar uchun ish maydonchasini taqdim etdi — Prism

Platformadan foydalanish bepul
OpenAI ilmiy tadqiqotlar uchun ish maydonchasini taqdim etdi — Prism / Foto: OpenAI

OpenAI kompaniyasi Prism nomli bepul ish maydonchasini taqdim etdi. Ushbu platforma ilmiy matnlar yozish va tadqiqotlarda hamkorlik qilish uchun yaratilgan bo‘lib, GPT-5.2 asosida ishlaydi.

Prism foydalanuvchilarga cheksiz sonli loyihalar yaratish va cheksiz sonli hamkorlarni ulash imkonini beradi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, platforma turli ish vositalari ajralib qolishi muammosini bartaraf etishga qaratilgan. Tadqiqotchilar odatda matn tahrirlovchilar, PDF fayllar, LaTeX kompilyatorlari, bibliografiya boshqaruvchilari va alohida chat-interfeyslar orasida almashib yurib, kontekstni yo‘qotadi va diqqatini uzadi. Prism esa ushbu ajralishni bartaraf qilish uchun yaratilgan.

Foto: OpenAI

Prism qanday imkoniyatlarga ega

Prism ichida foydalanuvchilar qoralama yaratish, tahrir qilish, loyihalarda hamkorlik qilish va materialni nashrga tayyorlash imkoniyatiga ega. GPT-5.2 esa alohida vosita sifatida emas, balki loyihaga integratsiya qilingan holda ishlaydi, maqola tuzilmasi, tenglamalar, manbalar va kontekstga kirish imkoniga ega.

Prism platformasi yordamida tadqiqotchilar GPT-5.2 Thinking bilan muloqot qilib g‘oyalarni o‘rganish, gipotezalarni tekshirish va murakkab ilmiy masalalarni tahlil qilish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, ular qoralama yaratish va maqolalarni tahrir qilish, shu jumladan avvalgi va keyingi matn, tenglamalar, chizmalar va umumiy tuzilmani hisobga olish imkoniyatiga ega.

Prism yordamida tegishli adabiyotlarni topish va joriy qo‘lyozmaga kiritish, matnni yaqinda topilgan aloqador ishlar asosida takomillashtirish mumkin. Shu bilan birga, tenglamalar, sitatalar va chizmalarni sun’iy intellekt yordamida yaratish, refaktor qilish va tahlil qilish mumkin.

Introducing Prism, a free workspace for scientists to write and collaborate on research

Tenglamalar yoki diagrammalarni bevosita taxtadan LaTeX ga o‘tkazish orqali TikZ komandalar bilan ishlash vaqti sezilarli darajada tejalinadi. Platforma hamkorlar, talabalar va ilmiy rahbarlar bilan real vaqtda ishlash, tahrirlar, izohlar va o‘zgarishlarni darhol aks ettirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, Prism foydalanuvchilarga hujjatga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zgartirish kiritish imkoniyatini beradi, matnni turli tahrirlovchilar yoki chat vositalari orasida nusxalashga hojat qolmaydi. Ixtiyoriy ovozli tahrir funksiyasi esa oddiy o‘zgarishlarni kiritish, yozish yoki tekshirish jarayonini uzmasdan bajarishga imkon beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OpenAI o‘zining ilk gadjetini 2026-yilda taqdim etishi haqida xabar bergan edik.