Banklar va moliya

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 10,8 mln so‘mdan oshdi

29-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:51 holatiga
oltin
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 10,8 mln so‘mdan oshdi / Foto: AntonMatyukha/Depositphotos

O‘zbekistonda 5 grammli oltin quyma narxi ilk bor 11 mln so‘mga yaqinlashmoqda. Markaziy bank 29-yanvar Toshkent vaqti bilan soat 09:51 holatiga oltin quymalarini sotish va sotib olish narxlarini e’lon qildi.

Xususan, 5 grammli oltin quymaning narxi 10,291 mln so‘mdan 10,864 mln so‘mga oshdi. Uni qaytarib sotib olish narxi esa qadog‘i but holatda 9,796 mln so‘mdan 10,243 mln so‘mga, talablarga mos kelmaydigan holatda 9,698 mln so‘mdan 10,140 mln so‘mga ko‘tarildi.

Quyida oltin quymalarining grammlariga nisbatan sotish va sotib olish narxlari keltirilgan:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos emas)
5 gramm10 864 000 so‘m10 243 000 so‘m10 140 000 so‘m
10 gramm21 728 000 so‘m20 486 000 so‘m20 279 000 so‘m
20 gramm43 456 000 so‘m40 972 000 so‘m40 558 000 so‘m
50 gramm108 639 000 so‘m102 431 000 so‘m101 396 000 so‘m
100 gramm217 278 000 so‘m204 862 000 so‘m202 792 000 so‘m

Shu bilan birga, Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori konyunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Jahon bozorida oltin narxi tarixiy rekordni qayd etishni davom etmoqda. 29-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:02 holatiga oltin narxi bir unsiya uchun $5 556 ni tashkil qildi. Mutaxassislar fikricha, oltin narxining oshishi, asosan, AQSh dollari bilan kuchli teskari bog‘liqlik bilan izohlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan oltinni qanday qilib onlayn sotib olish mumkinligi haqida ma’lumot bergandi.