Yangiliklar

Qozog‘iston banki orqali 13,9 mlrd dollar xorijga chiqarilgan — To‘qayev

To‘qayev ushbu holatni «mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan» deb baholadi
Foto: depositphotos.com

2025-yilda Qozog‘istondagi banklardan biri orqali 7 trln tengedan ortiq, ya’ni qariyb $13,9 mlrd mablag‘ xorijga olib chiqilgan. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qildi.

Davlat rahbarining aytishicha, mablag‘lar qo‘shni davlatdan Qozog‘iston hududi orqali uchinchi mamlakatlarga o‘tkazilgan. To‘qayev ushbu holatni «mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan» deb baholab, shubhali bank operatsiyalari ustidan nazoratni kuchaytirishni topshirdi.

Shuningdek, prezident jinoyat yo‘li bilan topilgan mulkni kengaytirilgan tartibda musodara qilish masalasini ko‘rib chiqish, noqonuniy daromadlarni legallashtirishda ishtirok etgan kompaniyalar uchun javobgarlikni qat’iylashtirish zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Jibek Joly» sayyohlik poyezdi Qozog‘iston va Tojikiston poytaxtlarini bog‘lashi haqida yozgandi.