Qozog‘istonda migrantlar uchun 2026-yilgi kvotalar e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Mamlakatdagi migrantlar soni bo‘yicha o‘zbekistonliklar ikkinchi o‘rinda
Foto: Mika Baumeister / Unsplash

2026-yil uchun umumiy kvota respublika ishchi kuchining 0,25 foizi yoki 18,1 ming kishi etib belgilangan. Bu haqda Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, 2025-yilda Qozog‘istonda qurilishdan tortib qishloq xo‘jaligigacha bo‘lgan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qamrab olgan 14 ming 210 nafar xorijiy fuqaro ish bilan taʼminlangan. Hukumat mamlakat taraqqiyotiga haqiqiy hissa qoʻsha oladigan malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun sharoit yaratishda davom etmoqda. 2026-yil uchun umumiy kvota 18,1 ming kishi etib belgilangan. Xonadonlarda ishlash uchun immigrant ishchilarni jalb qilish kvotasi ham ishchi kuchining 2,9 foizi yoki 221,9 ming kishini tashkil etadi.

2025-yilda Qozog‘istonda xorijiy ishchi kuchidan 1816 ta ish beruvchi foydalangan. Ular 323,3 mingdan ortiq Qozogʻiston fuqarolarini ish bilan ta’minlagan, bu umumiy ishchi kuchining 96 foizini tashkil qiladi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p xorijiy ishchilar qurilish sohasida — 4049 kishi, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilikda — 3475 kishi, konchilik va qazib olish sohasida — 1368 kishi, ishlab chiqarish sanoatida — 1297 kishi ishlagan.

Mehnat migrantlarining asosiy kelib chiqish mamlakatlari Xitoy — 6090 kishi, O‘zbekiston — 3093 kishi, Turkiya — 1000 kishi va Hindiston — 677 kishi bo‘lgan.

Avvalroq «Kursiv» Rossiyada tibbiy ma’lumotnomani soxtalashtirgan migrantlar 4 yilgacha qamalishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek