Gadjetlar

Redmi 260 dollarlik Pad 2 Pro planshetini namoyish qildi

5G va eSIM qo‘llab-quvvatlovchi variantlari ham mavjud
Redmi 260 dollarlik Pad 2 Pro planshetini namoyish qildi / Foto: Redmi

Xiaomi yangi Redmi Pad 2 Pro planshetini arzon narxda taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Yangi model o‘quv va uzoq muddatli ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ingichka metall korpusga (7,5 mm) ega. Planshet uch xil rangda – kumush, binafsha va quyuq kul ranglarda taqdim etiladi va narxi 260 dollarni tashkil qiladi.

Redmi Pad 2 Pro 12,1 dyuymli 2,5K ekran va 120 Hz kadr tezligiga ega. Ekran sog‘liqni saqlashga e’tibor qaratilgan: u S++ xavfsizlik reytingi va TÜV Rheinland sertifikatlariga ega bo‘lib, minimal ko‘k nur darajasi va ekran titrashining yo‘qligini ta’minlaydi. Ovoz to‘rt simmetrik dinamik orqali yetkaziladi. Qurilma IP52 darajasida chang va shpryalar himoyasiga ega va 3,5 mm quloqchin ulagichi mavjud.

Foto: Redmi

Planshetning ishlash tizimi Snapdragon 7s Gen 4 chipiga asoslangan bo‘lib, LPDDR4X tezkor va UFS 2.2 flesh xotira bilan birga ishlaydi. Akkumulyator quvvati 12 000 mAh bo‘lib, 33 Vt quvvat bilan zaryadlanadi va 27 Vt quvvat bilan boshqa qurilmalarni zaryadlash imkonini beradi.

Qurilma Xiaomi HyperOS 3 operatsion tizimi bilan ishlaydi va ofis dasturlari paketiga ega. Asosiy versiyadan tashqari 5G va eSIM qo‘llab-quvvatlovchi variantlari ham mavjud bo‘lib, mart oyining oxirida $375 ga sotuvga chiqadi. Shuningdek, buyurtma berish uchun Inspiration Pen stilusi va klaviatura-qopqoq mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme arzon narxdagi Pad 3 5G planshetini taqdim etgan edi.