Samsung Galaxy S26 seriasining narxi e’lon qilindi

29-yanvar 2026 10:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 seriasining narxi e’lon qilindi
Foto: Android Headlines / Fototahrir: Kursiv

Samsung Galaxy S26 seriyasining rasmiy taqdimoti 25-fevralga rejalashtirilgan bo‘lsa-da, modellarning taxminiy narxlari e’lon qilindi. Bu haqda Notebookcheck xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Samsung yangi modellarning narxini o‘tgan yil darajasida saqlab qoladi. Ayrim konfiguratsiyalarda esa narx pasayishi mumkin. Bu ishlab chiqarish xarajatlari oshganiga qaramay amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra’ning 256 va 512 GB xotirali versiyalari avvalgi modeldan 100 yevroga arzon bo‘lishi mumkin. Yevropada ushbu smartfon narxi 1 350 yevrodan boshlanishi kutilmoqda. 1 TB versiya esa hozirgi narxda qoladi.

AQSh bozorida Galaxy S26 $800 atrofida, Galaxy S26 Plus $1 ming, Galaxy S26 Ultra esa $1,2 ming bahoda sotilishi prognoz qilinmoqda.

Yangi Galaxy S26 modellari savdoda amaldagi S25 seriyasini almashtiradi. Biroq Galaxy S25 Edge modeli rasmiy savdoda qolishi mumkin. Bu model o‘tgan avlod texnikasiga ega bo‘lsa ham assortimentdan chiqarilmaydi.

Foto: Tom’s Guide

Samsung Galaxy S26 seriyasi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, Galaxy S26 va Galaxy S26+ modellari Exynos 2600 protsessori bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Ushbu protsessor 2-nm texnologiya asosida ishlab chiqarilgan. Boshqa tomondan, Galaxy S26 Ultra modeli Snapdragon Elite Gen 5 protsessoridan foydalangan bo‘lib, u 3-nm texnologiya asosida yaratilgan.

Bundan tashqari, yangi Galaxy S26 seriyasi zaryadlash quvvatida ham o‘zgarishlar keltiradi. Galaxy S26 va S26+ modellari 45 Vt quvvatda simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlasa, Galaxy S26 Ultra modeli 60 Vt zaryadlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy smartfonlari uchun yangi maxfiylik funksiyasini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek