Avto

Tank shaklidagi «Buxanka» Chevrolet Tracker narxida sotuvga qo‘yildi

Avtomobil 2015-yilda ishlab chiqarilgan
Tank shaklidagi «Buxanka» Chevrolet Tracker narxida sotuvga qo‘yildi
Tank shaklidagi «Buxanka» Chevrolet Tracker narxida sotuvga qo‘yildi / Foto: SI yordamida qayta ishlangan

Tank shaklidagi «Buxanka» Chevrolet Tracker narxida sotuvga qo‘yildi. Qozog‘istonning Balxash shahrida juda kam uchraydigan maxsus texnika «Buxanka» asosida ishlab chiqarilgan ZVM-2411 «Uzola» gusenitsali yo‘ltanlamas sotuvga chiqarildi.

Ekran tasviri kolesa.kz

Ushbu avtomobil 2015-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, yurish masofasi atigi 300 kilometrni tashkil etadi. Mashinaning asosiy xususiyati g‘ildiraklar o‘rniga to‘liq gusenitsalar o‘rnatilgani.

Foto: kolesa.kz

Bu esa unga botqoqliklar, qor bosgan hududlar va qiyin yo‘llardan bemalol o‘tish imkonini beradi. Muhimi, bu texnika qo‘lbola emas, balki «Zavoljye» yo‘ltanlamas mashinalari zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan rasmiy model hisoblanadi.

Foto: kolesa.kz

Avtomobil 2,9 litrli ZMZ-409 dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 142 ot kuchiga ega. Uzatmalar qutisi mexanik. Noyob gusenitsali yo‘ltanlamas narxi 9 mln tenge, taxminan 216,1 mln so‘m atrofida bo‘lib, bu O‘zbekiston sharoitida bitta Chevrolet Tracker narxiga teng.

Ekran tasviri kolesa.kz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Cobalt avtomobilidan qimmat «Jiguli» sotuvga qo‘yilgandi.