
Vivo kompaniyasi Y31d smartfonini bozorga taqdim etdi. Qurilma past narxli segmentga mo‘ljallangan bo‘lib, texnik xususiyatlari ham buni tasdiqlaydi.
Y31d Snapdragon 6s 4G Gen 2 protsessori bilan ishlaydi va 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi. Operativ xotira hajmi 6 GB bo‘lib, yangi Motorola modelidagi 4 GB ga nisbatan yaxshiroq hisoblanadi. Ichki xotira 128 yoki 256 GB variantlarida taqdim etiladi.
Ekran HD+ o‘lchamda, diagonali 6,75 dyuym va 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Batareya quvvati 7200 mA·soat bo‘lib, 44 vatt quvvat bilan zaryadlanadi. Bypass Charging funksiyasi orqali zaryadlash paytida qurilma batareyadan o‘tib, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatilishi mumkin.

Smartfonning boshqa xususiyatlariga 50 MP asosiy kamera, Bluetooth 5.1, 219 gramm og‘irlik va IP69 standartiga mos suvdan himoya kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo X200T smarfoni taqdim etilgan edi.

