Gadjetlar

Vivo Y31d smartfonini arzon narxda taqdim etadi

Texnik xususiyatlari ham shunga mos chiqarilgan
Vivo Y31d smartfonini arzon narxda taqdim etadi / Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi Y31d smartfonini bozorga taqdim etdi. Qurilma past narxli segmentga mo‘ljallangan bo‘lib, texnik xususiyatlari ham buni tasdiqlaydi.

Y31d Snapdragon 6s 4G Gen 2 protsessori bilan ishlaydi va 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydi. Operativ xotira hajmi 6 GB bo‘lib, yangi Motorola modelidagi 4 GB ga nisbatan yaxshiroq hisoblanadi. Ichki xotira 128 yoki 256 GB variantlarida taqdim etiladi.

Foto: Vivo
Foto: Vivo

Ekran HD+ o‘lchamda, diagonali 6,75 dyuym va 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Batareya quvvati 7200 mA·soat bo‘lib, 44 vatt quvvat bilan zaryadlanadi. Bypass Charging funksiyasi orqali zaryadlash paytida qurilma batareyadan o‘tib, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatilishi mumkin.

Foto: Vivo

Smartfonning boshqa xususiyatlariga 50 MP asosiy kamera, Bluetooth 5.1, 219 gramm og‘irlik va IP69 standartiga mos suvdan himoya kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo X200T smarfoni taqdim etilgan edi.