Sport

YChL: «Barselona», «Arsenal» va «Chelsi» g‘alaba qozondi, «Real Madrid» esa sensatsion tarzda yutqazdi

"Real"ning ikki futbolchisi maydondan chetlatilishi mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi
Foto: UEFA

Yevropa Chempionlar ligasining 8-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda qator dramatik natijalar qayd etildi. Lissabonda darvozabonning goli sensatsiya yaratgan bo‘lsa, «Barselona», «Arsenal» va «Chelsi» jamoalari ham muhim g‘alabalarga erishdi.

«Benfika» — «Real Madrid» 4:2

Lissabonda o‘tgan «Benfika» va «Real Madrid» uchrashuvi turgi eng hayajonli yakunlardan biriga aylandi. O‘yinning 90+8-daqiqasida «Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubin raqib darvozasi oldiga yetib kelib, bosh bilan g‘alaba to‘pini kiritdi (4:2). Ushbu gol Portugaliya klubini pley-offga olib chiqqan bo‘lsa, «Real Madrid»ni kuchli sakkizlikdan tushirib yubordi. Madridliklar tarkibida Kilian Mbappe dubl qayd etdi, biroq jamoaning ikki futbolchisi maydondan chetlatilishi mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi.

Бенфика — Реал Мадрид. Обзор матча Лиги чемпионов. 8 тур

«Barselona» — «Kopengagen» 4:1

«Barselona» o‘z maydonida «Kopengagen»ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv kutilmaganda Daniya klubi vakili Viktor Dadasonning 4-daqiqadagi goli bilan boshlandi. Biroq ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi. Robert Levandovski (48’), Lamin Yamal (60’), Rafinya (69’ penalti) va Markus Reshford (85’) gol urib, yirik g‘alabani ta’minlashdi. Mehmonlar futbolchisi Gabriel Pereyra o‘yin oxirida qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Барселона — Копенгаген. Обзор матча Лиги чемпионов. 28.01.2026

«Arsenal» — «Qayrat» 3:2

Londonning «Arsenal» jamoasi «Qayrat»ga qarshi bahsda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi (3:2). Viktor Gyokeresh o‘yinning 3-daqiqasidayoq hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Kay Xaverts va Gabriel Martinelli oradagi farqni oshirdi. «Qayrat» tarkibida Jorjinyo penaltini aniq amalga oshirdi, uchrashuvning qo‘shimcha vaqtida esa Rikardino hisobni qisqartirishga erishdi. Shunga qaramay, «kanonirlar» o‘z uylarida uch ochkoni saqlab qolishdi.

Арсенал — Кайрат. Обзор матча Лиги чемпионов. 8 тур

«Napoli» — «Chelsi» 2:3

«Chelsi» safarda «Napoli» ustidan 3:2 hisobida ustun keldi. Uchrashuvning qahramoniga aylangan Joao Pedro dubl qayd etib (61’, 82’), londonliklarning g‘alabasini ta’minladi. «Chelsi»ning yana bir goliga Enso Fernandes penaltidan mualliflik qildi. Neapol jamoasi tarkibida Antonio Vergara va Rasmus Xoylun gol urishgan bo‘lsa-da, bu ochko olish uchun yetarli bo‘lmadi.

Наполи — Челси. Обзор матча Лиги чемпионов. 8 тур

Turning qolgan uchrashuvlarida quyidagi hisoblar qayd etildi:

  • «Liverpul» — «Qorabog‘» 6:0
  • «Manchester Siti» — «Galatasaroy» 2:0
  • «PSV Eyndxoven» — «Bavariya» 1:2
  • «Bayer Leverkuzen» — «Vilyarreal» 3:0
  • «Borussiya Dortmund» — «Inter» 0:2
  • «Atletiko Madrid» — «Budyo-Glimt» 1:2
  • «PSJ» — «Nyukasl» 1:1
  • «Ayntraxt Frankfurt» — «Tottenxem» 0:2
  • «Milan» (Pafos) — «Slaviya Praga» 4:1
  • «Monako» — «Yuventus» 0:0
  • «Ayaks» — «Olimpiakos» 1:2
  • «Bryugge» — «Marsel» 3:0
  • «Yunion Sent-Jillua» — «Atalanta» 1:0
  • «Atletik Bilbao» — «Sporting» 2:3

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» «Galatasaroy»ni mag‘lub etib, pley-offga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.