Dollar haftani o‘sish bilan boshlaydi: 2-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
30-yanvarda esa 32,13 so‘mga oshib, 12 199,10 so‘mni  tashkil etgan edi
Foto: Depositphotos

2-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 26,06 so‘mga oshib, 12 225,16 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

23-yanvarda 14,85 so‘mga oshib, 12 136,92 so‘mga yetdi. 26-yanvarda 51,97 so‘mga tushib, 12 084,95 so‘mni tashkil etdi. 27-yanvar esa dollar 13,17 so‘mga tushib, 12 098,12 so‘mga yetdi. 28-yanvarda 29,90 so‘mga oshib, 12 128,02 so‘mni tashkil etgan edi. 29-yanvarda dollar 40,96 so‘mga oshib, 12 168,98 so‘mni, 30-yanvarda esa 32,13 so‘mga oshib, 12 199,10 so‘mni  tashkil etdi.

Jadval:

SanaO‘zgarishDollar kursi (so‘m)
23-yanvar+14,85 so‘m12 136,92
26-yanvar−51,97 so‘m12 084,95
27-yanvar−13,17 so‘m12 098,12
28-yanvar+29,90 so‘m12 128,02
29-yanvar+40,96 so‘m12 168,98
30-yanvar+32,13 so‘m12 199,10

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 25,07 so‘mga pasayib, 14 585,24 so‘mni, rubl 1,52 so‘mga oshib, 160,49 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.   

Shuningdek