Avto

Changan Deepal G318 va S07 modellari ishlab chiqarila boshlandi

Deepal G318 o‘lchamlari bo‘yicha Toyota Land Cruiser’ga yaqin bo‘lgan yirik gibrid yo‘ltanlamas hisoblanadi
Foto: «RG»

Rossiyada Changan avtomobil brendining premium yo‘nalishi hisoblangan Changan Deepal modellari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «RG» nashri ma’lum qildi.

Kaliningraddagi Avtotor zavodida Deepal G318 yo‘ltanlamasi va Deepal S07 krossoveri yig‘ilmoqda. Yirik gabaritli Deepal G318 va o‘rta o‘lchamli Deepal S07 modellari yig‘ilishi 2025-yil oktabr oyida boshlangan. Dastlab avtomobillar yirik uzelli usulda yig‘ilmoqda. Keyingi bosqichlarda lokalizatsiya darajasini oshirish, jumladan, payvandlash va bo‘yash jarayonlarini ham Rossiya hududida yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Foto: «RG»

Deepal G318 o‘lchamlari bo‘yicha Toyota Land Cruiser’ga yaqin bo‘lgan yirik gibrid yo‘ltanlamas hisoblanadi. Rossiya bozori uchun texnik xususiyatlar hozircha oshkor qilinmagan. Biroq Xitoyda mazkur model 252 yoki 430 ot kuchiga ega bitta yoki ikkita elektromotor bilan taklif etiladi. Elektr energiyasida yurish masofasi 190 kmgacha, umumiy yurish zaxirasi esa 1100 kmgacha yetadi.

Deepal S07 modeli esa 238 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan. Uning to‘liq elektr rejimidagi yurish masofasi 285 kmni tashkil etadi. Avtomobilda o‘rnatilgan 1,5 litrli benzin dvigateli esa generator vazifasini bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Changan Deepal S05 Yevropa bozoriga yetkazib berila boshlangani haqida yozgan edi.