Dubayda oltindan yasalgan ko‘cha barpo etilishi rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
Yangi loyiha Dubai Gold District tarkibida amalga oshiriladi
Foto: Ahmed Aldaie/Unsplash

Dubayda haqiqiy «oltin ko‘cha» qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi loyiha Dubai Gold District tarkibida amalga oshiriladi. Ushbu hudud Dubaydagi mashhur Oltin bozorining yangilangan va kengaytirilgan konsepsiyasi bo‘lib, aynan Deira tumanida joylashadi. Hozirning o‘zida bu yerda mingga yaqin oltin va zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar faoliyat yuritadi.

Loyiha doirasida quriladigan «oltin ko‘cha»da aynan qanday elementlar oltindan tayyorlanishi hozircha aniq ochiqlanmagan. Shuningdek, obyektning qachon foydalanishga topshirilishi ham ma’lum qilinmadi. Biroq rasmiylar bu loyiha Dubayning ramziy nuqtalaridan biriga aylanishini ta’kidlamoqda.

Dubai Festivals and Retail Establishment (DFRE) bosh direktori Ahmad al-Hajja oltin Dubay hayoti va biznes madaniyatining ajralmas qismi ekanini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oltin shaharning tarixiy merosi, farovonligi va tadbirkorlik ruhini ifodalaydi. Yangi loyiha esa ushbu merosni zamonaviy ijodkorlik va barqaror rivojlanish tamoyillari asosida qayta talqin qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mercedes-Benz Dubayda osmono‘par binolardan iborat shahar ichidagi shahar qurishi haqida yozgandi.

Shuningdek