Fevralda qanday ob-havo bo‘ladi

Fevral oyida o‘rtacha harorat yanvarga nisbatan biroz yuqori bo‘lishi, ayrim kunlarda bahoriy iliq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Fevral oyining birinchi besh kunligi nam ob-havo bilan boshlanadi, respublika bo‘yicha asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin kechalari 5-10 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 13-18 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Har o‘n kunlikda ayrim kunlarda 2-3 kundan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» 30-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.