
Rossiyada rasmiy taqdimoti 4-fevral kuniga belgilangan GAC S7 krossoverining texnik xususiyatlari muddatidan oldin e’lon qilindi. Bu haqda Auro.ru xabar berdi.
Dvigatel va batareya
Avtomobil 1,5 litrli, 156 ot kuchiga ega benzin dvigateli va har bir o‘qda bittadan joylashgan ikki elektromotor bilan jihozlangan, ularning umumiy quvvati 340 ot kuchini tashkil etadi. Tortish batareyasining sig‘imi 36,3 kVt·soat bo‘lib, sof elektr rejimida NEDC sikliga ko‘ra 153 km masofani bosib o‘tishga imkon beradi. To‘liq bak (50 litr) bilan umumiy yurish zaxirasi 867 kmni tashkil etadi.
Yo‘qilg‘i sarfi va zaryadlash
Aralash siklda yoqilg‘i sarfi 100 km ga 7 litrni tashkil etadi, AI-92 benzinidan foydalanishga ruxsat etiladi. Batareyani 30 foizdan 80 foizgacha quvvatlash atigi 18 daqiqa davom etadi

O‘lchamlar va salon
GAC S7 uzunligi 4900 mm, g‘ildirak bazasi 2880 mm. Salon besh o‘ringa mo‘ljallangan. Yukxona hajmi standart holatda 720 litr, orqa o‘rindiqlar buklanganda esa 2335 litrgacha yetadi.
Komplektatsiya va raqobatchilar
Model «Standart», «Elit» va «Deluks» komplektatsiyalarida taklif etiladi. Rossiya bozorida uning asosiy raqobatchilari mashhur gibrid modellari — Li Auto L6 va Voyah Free bo‘ladi. Rasmiy narxlar taqdimot vaqtida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq GAC 2026-yilda to‘rtta yangi avtomobil modelini taqdim etishi haqida yozgan edik.