Hyundai Santa Cruz muddatidan oldin ishlab chiqariladi

30-yanvar 2026 09:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Hyundai

Hyundai kompaniyasi Hyundai Santa Cruz pikapini muddatidan oldin ishlab chiqarishdan chiqaradi. Bu haqda Motor1 nashri ma’lum qildi.

Dastlab model 2027-yil o‘rtalarigacha konveyerda qolishi ko‘zda tutilgan edi. Qarorning asosiy sababi sotuvlarning keskin pasayishi bo‘ldi. AQSh bozorida 2023-yilda taxminan 36,6 ming dona sotilgan bo‘lsa, 2025-yil yakunida talab 29 foizga kamayib, 25,5 ming donaga tushdi. Shu davrda bevosita raqib Ford Maverick 155 ming dona bilan Santa Cruzni qariyb olti baravar ortda qoldirdi.

Foto: Hyundai

Hyundai rasmiy bayonotida Santa Cruz o‘z missiyasini bajargani qayd etildi. Kompaniya pikap bozorini tark etmaydi va yangi, kuchli loyiha ustida ishlamoqda.

Foto: Hyundai

Rejalarga ko‘ra, 2030-yilga borib Santa Cruz o‘rnini to‘liq ramali o‘rta o‘lchamli pikap egallaydi. U Ford Ranger va Chevrolet Colorado bilan raqobatlasha olishi kutilmoqda. Yangi model ishlab chiqarishi 2029-yilda boshlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hyundai Staria Camper avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek