Isroil G‘azo urushi qurbonlari 70 mingdan oshganini tan oldi

eʼlon qilindi
Bedarak yo‘qolganlar bundan mustasno
Isroil va Hamas G‘azoda tinchlik kelishuviga erishdi
Isroil G‘azo urushi qurbonlari 70 mingdan oshganini tan oldi / Foto: Reuters

Isroil harbiylari G‘azo urushi davomida 70 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lganini tan oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Avvalroq Isroil tomoni G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilgan qurbonlar soniga shubha bildirgan edi. BMT esa uzoq vaqtdan beri G‘azo sog‘liqni saqlash organlari ma’lumotlarini ishonchli deb hisoblab keladi.

G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi halok bo‘lganlarning ismlari va yoshlarini e’lon qilib, qurbonlar soni hozirga kelib 71 mingdan oshganini bildirgan. Shu jumladan, oktyabr oyida AQSh vositachiligida erishilgan sulhdan so‘ng Isroil hujumlari natijasida 480 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Vazirlik, shuningdek, minglab odamlar hanuz xarobalar ostida qolayotganini qayd etgan. Qurbonlarning aksariyati ayollar va bolalar hisoblanadi, tinch aholi va jangarilar alohida ajratilmagan.

Isroil armiyasi e’lon qilingan ma’lumotlar rasmiy Isroil Mudofaa Kuchlari ma’lumotlarini aks ettirmasligini bildirgan va bu boradagi har qanday axborot rasmiy kanallar orqali e’lon qilinishini ta’kidlagan.

Urushga turtki bo‘lgan 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi oqibatida Isroilda taxminan 1 200 kishi, ularning aksariyati tinch aholi halok bo‘lgan. Urush davomida 470 dan ortiq isroillik askar ham halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘arb aviakompaniyalari Isroil va Fors ko‘rfaziga parvozlarni vaqtincha to‘xtatgan edi.

Shuningdek