«Jiguli» dizaynidagi yangi sportkar 66,4 ming dollarda sotuvga qo‘yildi

30-yanvar 2026 09:41 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
«Jiguli» dizaynidagi yangi sportkar 66,4 ming dollarda sotuvga qo‘yildi / Foto: Auto.ru

Sport avtomobillari bozorida noyob avtomobil sotuvga chiqarildi: Sankt-Peterburgda VAZ-2102 klassik universali ko‘rinishidagi sport-prototip namoyish etildi.

Konstruktsiya va ramka

Mad Mechanics tomonidan tayyorlangan shisha tolali panellar ostida TDG Racing ishlab chiqargan sertifikatlangan po‘lat trubadan qattiq fazoviy ramka joylashgan. Bu ramka mashinaga oddiy fuqarolik avtomobillarida erishib bo‘lmaydigan qattiqlikni ta’minlaydi.

Dvigatel va texnik imkoniyatlar

Mashinaning «yuragi» sifatida yapon SR20DET dvigateli ishlatilgan. U kovka pistonlar va shatunlar bilan jihozlangan, Mitsubishi Evolution’dan olingan TD05 turbina bilan ishlaydi va ECU Master boshqaruv bloki orqali nazorat qilinadi. Yakuniy quvvat 400 ot kuchi, mashina vazni bir tonnadan kam bo‘lgani sababli yuqori tezlik va dinamikani ta’minlaydi.

Transmissiya va suspenziya

Qutisi va orqa suspenziyasi Nissan Silvia’dan, reduktori esa Nissan Skyline GT-R’dan olingan. Bu komponentlar mashinaning poyga imkoniyatlarini yanada oshiradi.

Loyiha qiymati

Loyiha muallifi ta’kidlaganidek, bu shunchaki tuning qilingan «Jiguli» emas, balki to‘liq quvvatli poyga avtomobili bo‘lib, sozlash imkoniyatlari keng. Bunday loyiha yangi holatda kamida 10 mln rubl (salkam $133 ming) ga tushadi, ammo avtomobil hozir 5 mln rubl ($66,4 ming) ga sotuvga chiqarilgan.

Foto: Auto.ru

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 52 yil avval ishlab chiqarilgan noyob «Jiguli» qariyb Chevrolet Malibu narxida sotuvga chiqqan edi.

Shuningdek