Kino va seriallar

Kinotavsiya: dam olish kunlari qaysi filmlarni tomosha qilish mumkin

2025-yilda taqdim etilgan turli janrdagi filmlar
Kinotavsiya: dam olish kunlari qaysi filmlarni tomosha qilish mumkin
Kollaj: Kursiv Uzbekistan

Dam olish kunlariga qaysi filmni tanlashga ikkilanayotganlar uchun Kursiv Uzbekistan 2025-yilda taqdim etilgan turli janrdagi filmlarni jamladi. Ushbu tanlov sizga dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish va kayfiyatingizni ko‘tarish imkonini beradi.

«Ijarachi oila»

RENTAL FAMILY | Official Trailer | Searchlight Pictures

«Ijarachi oila» («Rental Family», 2025) bu ijtimoiy drama va yumorga boy film bo‘lib, unda yolg‘izlik va insoniy yaqinlik mavzusi noan’anaviy rakursda ochib beriladi. Brendan Freyzer bu safar tomoshabinlar odatlangan kuchli yoki qahramon obrazida emas, balki Yaponiyada «ijara oila» xizmatida ishlaydigan, begona odamlar uchun vaqtinchalik oila a’zosi rolini bajaradigan sokin va ichki iztiroblarga to‘la qahramon sifatida namoyon bo‘ladi.

«Yirtqich: to‘dalar»

Predator: Badlands | Official Trailer

«Yirtqich: to‘dalar» («Predator: Badlands», 2025) mashhur «Predator» franshizasining navbatdagi qismi bo‘lib, u tomoshabinni yovvoyi va xavfli hududlarga olib kiradi. Film voqealari chekka, deyarli qonun ishlamaydigan hududda kechadi va bu safar insonlar nafaqat bir-biriga, balki ilg‘or texnologiyaga ega, sovuqqon yirtqich bilan yuzma-yuz keladi. Asarda tirik qolish instinkti, kuch va aql o‘rtasidagi kurash markaziy o‘rinni egallaydi.

«Eleanor buyuk»

ELEANOR THE GREAT | Official Trailer (2025)

«Eleanor buyuk» («Eleanor the Great», 2025) insoniy xotira, yo‘qotish va kechikkan hayot quvonchlari haqida hikoya qiluvchi ta’sirli drama. Film markazida Eleanor ismli keksayib qolgan ayol turadi: u yaqin insonini yo‘qotgach, hayotini qayta mazmun bilan to‘ldirishga urinadi va kutilmagan do‘stlik rishtalari orqali o‘zini yangidan kashf etadi. Asar oddiy voqealar orqali inson ruhiyatidagi murakkab jarayonlarni nozik tarzda ochib beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan «Grenlandiya 2: Migratsiya» filmi haqida ma’lumot bergandi.