
Motorola kompaniyasi arzon narxdagi yangi smartfonlari Moto G17 va Moto G17 Power’ni taqdim etdi. Bu haqda Motorola News ma’lum qildi.
Moto G17 modeli asosiy versiyada 4 GB RAM bilan jihozlangan, Moto G17 Power esa minimal 8 GB RAM ga ega. Aslida, bu ikki qurilma texnik jihatdan deyarli bir xil bo‘lib, farq faqat xotira hajmi va quvvat tizimida namoyon bo‘ladi.

Ikkala model ham Helio G81 Extreme SoC va 6,7 dyuymli Full HD+ IPS ekran bilan ta’minlangan, ammo yuqori kadr tezligi mavjud emas. Asosiy kamera 50 megapikselli Sony LYTIA 600 sensori asosida ishlaydi.
Batareya quvvati bo‘yicha Moto G17 modeli 5200 mA/soat va 18 Vt quvvatli zaryadlash, Moto G17 Power esa 6000 mA/soat va 30 Vt quvvatli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, qurilmalar IP64 darajasida himoya va Pantone ranglarida taqdim etilgan.

Smartfonlarning narxi mos ravishda 200 va 230 yevrodan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Motorola Moto G67 va G77 smartfonlari namoyish etilgan edi.