Yangiliklar

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘radi
Qamchiq dovonida qor yog‘gani sabab ehtiyot choralar kuchaytirildi — video
Foto: ijtimoiy tarmoq

2026-yil 31-yanvar va 1–3-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda «O‘zgidromet» ogohlantirdi.

Unga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida, Samarqand viloyatining Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Shu sababli tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li joylarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning fevral oyida qanday ob-havo bo‘lishi haqida yozgandi.