Realme kompaniyasi yangi Realme 16 smartfonini taqdim etdi

30-yanvar 2026 20:41 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Realme kompaniyasi yangi Realme 16 smartfonini taqdim etdi / Foto: Realme

Realme kompaniyasi yangi Realme 16 smartfonini rasman namoyish etdi. Bu haqda GSMArena nashri ma’lum qildi.

Qurilmaning asosiy dizayn xususiyati — gorizontal blok shaklidagi asosiy kamera bo‘lib, u Google Pixel va iPhone Air kameralarini eslatadi. Ushbu blokda 50 MP (Sony IMX852) va 2 MP sensorli modullar joylashgan. Old kamera esa 50 megapikselga ega.

Foto: Realme

Smartfon 7000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan bo‘lib, 60 Vt quvvat bilan zaryadlanadi. Shu bilan birga, korpus qalinligi 8,1 mm va qurilmaning og‘irligi esa 183 gramm.

Qurilma Dimensity 6400 Turbo tizimli chip (SoC) asosida ishlaydi va 6,57 dyuymli AMOLED ekran bilan ta’minlangan. Smartfon IP69K standartiga muvofiq suv va changdan himoyalangan.

Foto: Realme

Yangi Realme 16 smartfonining Vetnamdagi narxi 8/256 GB versiyasi uchun $445 dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Realme Neo 8 yarim shaffof ko‘rinishda taqdim etilgan edi.

Shuningdek