Tesla robotlar va avtonom transportga 20 milliard dollar sarflaydi

eʼlon qilindi
O‘tgan yilgi $8,5 mlrdni tashkil etgan
Tesla 20 milliard dollarini robotlar va avtonom transportga sarflaydi / Foto: Reuters

Tesla kompaniyasi bu yil kapital xarajatlarni rekord darajaga – $20 mlrddan ortiq oshirishni rejalashtirmoqda. Biroq bu mablag‘ning aksariyati inson haydovchili elektromobillar sotuviga emas, balki avtonom transport va gumanoid robotlar ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi, deya yozmoqda Reuters.

Bosh direktor Ilon Maskning ma’lum qilishicha, Model X SUV va Model S sedanlari ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi va Kaliforniyadagi zavod maydoni Optimus robotlarini ishlab chiqarishga ajratiladi. Robotlar Texasdagi Gigafactory’da ham ishlab chiqariladi.

Moliyaviy direktor Vaibhav Taneja aytishicha, kapital xarajatlar Cybercab (rulsiz to‘liq avtonom transport), Tesla yarim tirkamali yuk mashinasi (semi-truck), Optimus robotlar kabi yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi. Shuningdek, batareya va litiy ishlab chiqarish zavodlariga ham mablag‘ ajratiladi.

Foto: Reuters

Tesla sotuvlarining aksariyati inson haydovchili EVlarga tayanadi. Biroq bozor qiymati boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilardan ancha yuqori bo‘lib, investorlar Maskning robotaksi va gumanoid robotlar yaratish bo‘yicha va’dalariga ishonch bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi $8,5 mlrdlik kapital xarajatlardan so‘ng, bu yilgi $20 mlrdlik reja rekord darajani tashkil etmoqda. Tesla balansida $44 mlrddan ortiq naqd va investitsiyalar mavjud bo‘lib, kompaniya mablag‘larni qarz yoki boshqa manbalar orqali moliyalashtirish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla Optimus robotlari 2027-yil oxirida sotuvga chiqishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek