Vivo V70 va V70 Elite modellarining barcha texnik xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

30-yanvar 2026 15:08 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Vivo V70 va V70 Elite modellarining barcha texnik xususiyatlari ma’lum bo‘ldi
Foto: SI yordamida qayta ishlangan / Vivo

Vivo kompaniyasi Hindistonda V70 smartfonlar turkumini rasman tanishtirishga tayyorlanmoqda. Fevral oyida taqdim etilishi kutilayotgan V70 va V70 Elite modellari dizayni va asosiy texnik xususiyatlari rasman ma’lum qilindi.

Har ikki model 1,5K aniqlikdagi OLED displeyga ega bo‘ladi. Ekran 120 Gs yangilanish chastotasi va 5000 nitgacha yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonlar Android 16 asosidagi OriginOS 6 tizimida ishlaydi. Vivo 4 yil davomida tizim yangilanishlari va 6 yil xavfsizlik yangilanishlarini va’da qilmoqda.

Ekran tasviri Vivo

Boshlang‘ich konfiguratsiya 8 GB LPDDR5x tezkor xotira va 256 GB UFS 4.1 ichki xotiradan iborat bo‘ladi. Qurilmalar alyuminiy korpusda ishlab chiqilgan bo‘lib, IP68/69 darajasida suv va changdan himoyalangan. Batareya sig‘imi 6500 mA/soat bo‘lib, 90 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ekran tasviri Vivo

Kamera tizimi ushbu seriyaning asosiy afzalligi hisoblanadi. Smartfonlar Zeiss optikasi bilan jihozlangan 50 megapikselli asosiy kamera, keng burchakli modul hamda 50 megapikselli periskop telekamera bilan ta’minlanadi. Telekamera 3 baravar optik va 100 baravar raqamli zumni qo‘llab-quvvatlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, V70 va V70 Elite modellari bir xil kamera tizimiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq smartfonlar 30 foizgacha qimmatlashishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek