Yangi energiya avtomobillarining global o‘sishi: elektrlashish ommaviy tanlovga aylandi

30-yanvar 2026 18:03 eʼlon qilindi

Muhammad Abdullayev

Muhammad Abdullayev

NEV
Foto: Geely

Bugun NEV (New Energy Vehicles) atamasi, amalda, tashqi zaryadlash imkoniyatiga ega elektrlashgan avtomobillarni anglatadi. Bu toifaga BEV (to‘liq elektr) va PHEV (zaryadlanadigan gibrid) modellari kiradi. Xalqaro tahliliy hisobotlarning aksariyatida ushbu ikki segment birgalikda «EV» ya’ni elektromobil sifatida ko’rsatiladi. Ushbu avtomobillar bozorida yildan yilga o’sish raqamlarda ham yaqqol ko‘rinmoqda. IEA ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda dunyo bo‘yicha elektromobil savdosi 17 million donadan oshdi, ularning ulushi esa yangi avtomobillar umumiy savdosida 20 foizdan yuqori bo‘ldi. 2025 yilda ham o‘sish sur’ati saqlanib qoldi: Rho Motion manbasi global EV (BEV+PHEV) savdosini yil yakunida 20,7 million dona deya baholadi. Bu ko‘rsatkich undan oldingi yilga nisbatan 20 foizlik o‘sishni anglatadi. 

NEV o‘sishi hududlar kesimida

Yevropa misolida ko‘rinib turibdiki, talab faqat bitta yo‘nalish hisobidan emas, balki NEV’ning turli segmentlari bir vaqtda o‘sayotgani bilan kuchaymoqda. ACEA ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyida (yilma-yil) ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatkichlari battery-electric segmentida 44,1 foizga, plug-in hybrid segmentida 38,4 foizga, hybrid-electric segmentida esa 4,2 foizga oshgan.

NEV bozoridagi o‘sish uchta eng yirik talab markazi bilan cheklanib qolmayapti. IEA’ning Global EV Outlook 2025 hisobotida qayd etilishicha, 2025 yilda uchta asosiy EV bozoridan tashqarida elektromobil savdosi qariyb 1,8 million donaga yetdi. Bu 30 foizdan ko’proq o‘sishni anglatadi. Janubi-Sharqiy Osiyo va Braziliyada ham ushbu segmentdagi avtomobillar savdosi keskin o’smoqda. 

NEV’ga o‘tish bosqichi endi sanoat ko‘lami va uzoq muddatli rejalarga tayangan holda davom etmoqda. BloombergNEF bahosiga ko‘ra, 2030 yilga borib elektromobillar savdosi 39 million donaga yetishi mumkin. Taqqoslash uchun, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 17,6 million dona bo‘lgan.

Umuman olganda, NEV’ning global o‘sishi uch omil hisobidan tezlashmoqda: BEV va PHEV modellari qatorining kengayishi, texnologiyalarning ommalashuvi va ishlab chiqarishning masshtablashishi, shuningdek tejamkorlik va zamonaviy foydalanuvchi tajribasiga bo‘lgan barqaror talab. Elektrlashishlangan platformalar bu jihatlarda an’anaviy kuch qurilmalariga nisbatan ko‘proq ustunlik bermoqda.

O’tgan yil boshidan buyon jahon bozorida yangi avtomobillar ichida NEV ulushi 20%dan 26%gacha oshdi. Shundan to‘liq elektr avtomobillar (BEV) bozorning qariyb 17%ini, zaryadlanadigan gibridlar (PHEV) esa taxminan 9%ini tashkil etdi. Global avtobozrning izchil elektrlashishi keyingi yillarda ham davom etadi. 

Geely: global ko‘rsatkichlarda o‘sish va NEV ulushining oshishi

2025 yil bo‘yicha dunyodagi eng yirik avto ishlab chiqaruvchilar reytingida Geely Group 7-o‘ringa ko‘tarildi va o’z pozitsiyani uch pog‘onaga yaxshilandi. 2025 yil yakuniga ko’ra Geely Automobile Holdings 3 024 567 ta yo’lovchi avtomobillarini sotdi (+39% yilma-yil o’sish) va tarixiy maksimumni yangiladi. Shundan NEV sotuvlari 2,29 mln taga yetdi va sotuvlar tarkibida NEV ulushi esa 56%gacha ko‘tarildi.

«Yangi energiya» bo‘yicha tezlashuvning asosiy belgisi EV (BEV+PHEV) yetkazib berish/ro‘yxatdan o‘tkazish global statistikasida ham ko‘rinadi: SNE Research ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Geely dunyoda 2-o‘ringa ko’tarildi. Reuters 2026 yil yanvarida Geely Holding Group’ning 2030 yilga qadar global savdoni 6,5 mln donadan oshirish va biznes tarkibida xalqaro bozorlar ulushini ko‘paytirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichini qayd etgan.

Foto: Geely

Geely nima: avtomobil ishlab chiqaruvchidan global xoldinggacha

Geely (Zhejiang Geely Holding Group) bu avtomobillar sanoati va kompleks texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi global kompaniya bo‘lib, 1986 yilda Li Shufu tomonidan Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi, Taychjou shahrida asos solingan. Bugun kompaniya bosh qarorgohi Xanchjou shahrida joylashgan. Geely nomi (xitoycha: 吉利, Jílì) xitoy tilida «omad» yoki «baraka» ma’nosini beradi.

Foto: Geely

Bir necha o‘n yil davomida Geely ommaviy va premium segmentlarni, shuningdek tijorat transporti va servis yo‘nalishlarini qamrab olgan brendlar portfelini shakllantirdi. Xolding tarkibiga Geely Auto (jumladan Geely Galaxy), ZEEKR, Lynk & Co, Volvo Cars, Polestar, Lotus, LEVC (London Electric Vehicle Company) va Farizon (tijorat NEV) kiradi. Shuningdek, guruh o‘z portfeli doirasiga bevosita kiritadigan hamkorlik va investitsion aktivlar ham mavjud. Ular qatorida SMART va PROTON brendlari ham bor. (Manba: zgh.com)

Geely avtomobil sanoati bilan bir qatorda alohida «texnologik klaster»ni ham rivojlantirmoqda. Kompaniya tarkibiga kiruvchi Geespace brendi orqali «GEESATCOM»  deya atalgan past orbitadagi sun’iy yo’ldoshlar tarmog‘ini tashkil etgan. Oltinchi raketa parvozidan so‘ng Geely orbitada umumiy hisobda 64 ta sun’iy yo‘ldoshga ega bo’ldi va loyihaning I-bosqichi (Phase I) muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qildi.

Foto: Geely

Geely’ning tezlashuvi: savdo o‘sishi va asosiy bozorlarda pozitsiyalar mustahkamlanishi

Ko‘p darajali brend portfeli, NEV’ga tez o‘tish va o‘z texnologik bazasiga (platformalar, batareyalar, dasturiy ta’minot, quvvat elektronikasi) yo‘naltirilgan e’tibor Geely Holding’ni elektrlashishlangan bozorning eng dinamik ishtirokchilari qatoridagi o’rnini tobora mustahkamamoqda. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, Geely Holdingga tegishli barcha brendlari bo‘yicha jami sotuv 4,11 mln avtomobildan oshdi. 

Xitoy ichki bozorida bu natijalar ommaviy segmentdagi bestsellerlar bilan ham ortib bormoqda. Gasgoo ma’lumotlariga ko‘ra (2025 yil yanvar–noyabr), Geely Galaxy Xingyuan 437 341 dona elektromobil sotilgan va segment yetakchilari guruhidan o‘rin oldi (manba: Gasgoo Auto News). Shu bilan birga, model global ko‘rsatkichlarda ham ajralib turdi: EV Volumes ma’lumotlariga ko’ra, 2025 yil yanvar–noyabr oylarida Geely Geome Xingyuan (ayrim bozorlarda EX2 nomi bilan ham sotiladi) 430 676 dona sotilib, shu davr bo‘yicha dunyoda eng ko‘p sotilgan elektromobillar orasida 3-o‘rinni egalladi.

Shu fonda Geely mahsulot yo‘nalishi «flagman» modellar bilan kuchaymoqda. Geely EX5 brend tarixida birinchi bo‘lib Euro NCAP va ANCAP bo‘yicha bir vaqtda ikki yo‘nalishda 5 yulduzli xavfsizlik reytingini oldi, dizayn bo‘yicha xalqaro e’tiroflarga, jumladan Torino Automotive Design Award mukofotiga sazovor bo‘ldi. Braziliyada esa elektr C-SUV toifasida ketma-ket to‘rt oy davomida yetakchilikni saqlab qoldi.

Plug-in gibrid yo‘nalishida Geely EX5 EM-i (ayrim bozorlarda Starray EM-i nomi bilan taqdim etiladi) seriyali PHEV-SUV sinovida rekord darajadagi past yoqilg‘i sarfi uchun GUINNESS rekordlar kitobiga kiritildi (ko‘rsatilgan sharoitlarda 3,83 l/100 km natija verifikatsiya qilingan). Noyabr oyida u Avstraliyada va ko’plab boshqa davlatlarda eng ko‘p sotilgan gibrid modellari qatoriga kirdi. Bu asosiy eksport bozorlarida talab barqarorligini ko‘rsatadi.

O’zini oqlagan strategiya

Geely’ning yangi energiya avtomobillari (NEV) segmentidagi keskin sakrashi hozirgi bozor sikliga bog‘liq tasodif emas. Bu natija bozor kun tartibi shakllanishidan ancha oldin qabul qilingan izchil rivojlanish strategiyasi bilan bevosita bog‘liq.

2015 yildayoq kompaniya Blue Geely Action strategik rejasini e’lon qilib, 2020 yilga borib sotuvlarning katta qismini NEV hisobidan ta’minlash niyatini bildirgan. Ushbu strategiyada Geely bir vaqtning o‘zida to‘liq elektr avtomobillar (BEV) hamda gibrid va zaryadlanadigan gibrid (PHEV) yechimlarini parallel rivojlantirishni asosiy yo‘nalish sifatida belgilagan.

Bugungi sharoitda bu yondashuv o‘zini oqladi. Global EV ulushi 20%dan oshgan bir paytda zaryadlash infratuzilmasi hududlar bo‘yicha notekis rivojlanmoqda. Ko‘plab mintaqalarda esa PHEV va HEV’ga talab BEV’ga nisbatan tezroq o‘smoqda. Bitta texnologik ssenariyga tayanish o‘rniga, Geely mahsulot tarkibini aniq bozor sharoitlariga mos ravishda moslashtirish imkoniyatini saqlab qoldi.

Keyingi strategik qatlam 2021 yilda ishlab chiqilgan Smart Geely 2025 dasturi bo‘ldi. Bu yondashuv doirasida Geely sun’iy intellekt algoritmlarini avtomobilning asosiy tizimlariga integratsiya qilishga urg‘u berdi. U foydalanuvchi interfeysidan tortib transmissiya va shassi boshqaruvigacha bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab oladi. Natijada ma’lumotlar va dasturiy yangilanishlar hisobidan samaradorlik, xavfsizlik hamda avtomobilni real ekspluatatsiya sharoitlariga moslashtirish butun hayotiy sikl davomida ta’minlanadi. Bu jarayon ishlanma bosqichidan keyingi servisgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oladi.

2024–2025 yillarga kelib bu yondashuv tajriba loyihalaridan tijoriy masshtablash bosqichiga o‘tishga imkon berdi. Geely sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlovchi modellarni seriyali ishlab chiqarishga chiqardi, xususan Geely Preface. Shuningdek, yirik IT hamkorlardan biri bo‘lgan DeepSeek bilan integratsiya yo‘lga qo‘yildi. Shu strategik qarorlar natijasida Geely hozirgi bozor sikliga ortdan quvuvchi sifatida emas, balki avvalgi investitsiyalar samarasini kengaytirish va masshtablash bosqichiga allaqachon kirib bo‘lgan kompaniya sifatida kirdi.

Muvaffaqiyat moduli

Geely’ning tezlashgan o‘sishidagi asosiy omillardan biri modul platformalar va arxitekturalarga ko‘p yillik investitsiyalardir. Ular dastlab turli elektrlashish ssenariylari uchun universal baza sifatida loyihalashtirilgan. Faqat 2024 yilning o‘zida guruh tadqiqotlar, ishlanmalar va texnologik infratuzilmaga 2,8 mlrd AQSh dollaridan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi. Shundan qariyb 1,5 mlrd dollar uzoq muddatli ishlanmalar sifatida kapitalizatsiya qilingan bo‘lib, asosiy yo‘nalish intellektual NEV platformalari va modellariga to‘g‘ri keladi.

Bugun Geely to‘rtta o‘z modul arxitekturasiga ega: e-CMA, SEA, GEA va BMA.

CMA modul arxitekturasi Geely va Volvo’ning qo‘shma ishlanmasi bo‘lib, u turli turdagi avtomobillarni qurish imkonini beradi, jumladan gibridlar va BEV’lar. Ushbu baza asosida C va D segmentlaridagi asosiy modellar yaratilgan. Ular qatoriga Volvo XC40, Polestar 2 elektr sedani, Geely Xingyue L hamda Lynk & Co brendi avtomobillari kiradi.

Turli brendlar va turli sinf avtomobillari uchun yagona arxitektura bazasidan foydalanish bir nechta amaliy ustunlik beradi:

  • yangi modellarni bozorga chiqarish sikli an’anaviy «noldan ishlab chiqish» bilan solishtirganda 30%ga qisqaradi;
  • masshtab hisobidan komponentlar tannarxi pasayadi va sifat nazorati soddalashadi, bu esa butun model qatorida ishonchlilik va xavfsizlik darajasini barqaror ushlab turadi, ommaviy modellaridan premium segmentlargacha;
  • arxitektura bo‘yicha unifikatsiya emissiya talablari, sinov sikllari va kuch qurilmalari tarkibi o‘zgarib borayotgan davrda texnologik va tartibga solish xatarlarini kamaytiradi.
Foto: Geely

Integratsiya va masshtab

Geely’ning tijoriy ustunligi ko‘p jihatdan ishlab chiqarish ko‘lami va vertikal integratsiya darajasi bilan belgilanadi. Bu yondashuv mahsulot yaratishning asosiy bosqichlarini qamrab oladi: batareyalar va quvvat komponentlaridan tortib yig‘uv, sotuvdan keyingi servisgacha.

2024 yilda Geely ichki tuzilmani soddalashtirdi va bo‘linmalar o‘rtasidagi takrorlanishni qisqartirdi. Ishlanmalar va investitsiyalarning bir qismi birlashtirildi. Natijada kompaniya quvvat agregatlaridan boshlab avtomobillarni yakuniy yig‘ishgacha bo‘lgan jarayonda muhim komponentlar ta’minotini yaxshiroq nazorat qila boshladi.

Tannarxni pasaytirishda yana bir muhim omil masshtab effekti bo‘ldi. Kompaniya bunga yuqori ishlab chiqarish hajmlari, umumiy texnologik platformalar va brendlar o‘rtasida integratsiyalashgan ta’minot zanjirlari (Geely Auto, Zeekr, Volvo, Lynk & Co) orqali erishmoqda. Natijada Geely gibridlari bozorda raqobatchilarga teng yoki past narxda taklif etilmoqda, lekin jihozlanish darajasi va energiya samaradorligi yuqoriroq. Bu moliyaviy ko‘rsatkichlarda ham aks etadi.

Geely O‘zbekistonda: global brenddan nimalarni kutish mumkin

Geely’ning O‘zbekiston bozoriga kirishi yangi energiya avtomobillari bo‘yicha dunyoda muhim o’ringa ega kuchli brendning kelishini anglatadi. Kompaniya allaqachon rasmiy distribyutsiyani yo‘lga qo‘ydi va O‘zbekiston bozoriga elektromobil, gibrid, hamda an’anaviy ichki yonuv dvigateli (ICE) segmentlarida o‘z flagman modellarini taqdim etmoqda. Asosiy urg‘u mahalliy foydalanish sharoitlarida eng talab yuqori bo‘lgan modellarga qaratiladi.

Mijozlar uchun bu, birinchi navbatda, rasmiy savdo, kafolat, va servis tizimi, yangi zamonaviy modellar bilan tanishish hamda Geely global bozor uchun joriy etayotgan yurori standartlarining O‘zbekistonga ham tatbiq etilishi demakdir. O’zbekiston bozorda Geely’dan xavfsizlik va muhandislikning yuqori darajasidagi mahsulotlaga bo’lgan urg‘uni kutish mumkin. O‘zbekiston uchun e’lon qilingan Geely EX5 modeli Euro NCAP bo‘yicha eng yuqori, 5 yulduzli reytingga ega. Ushbu modeldagi haydovchi va yo’lovchilarni himoya qilishga qaratilgan texnologiyalari, shuningdek haydovchiga yordam beruvchi tizimlar bo‘yicha yuqori ko’rsatkichlar ommaviy xaridor uchun mahsulot darajasini ko‘rsatadigan tushunarli va aniq indikator hisoblanadi.

Foto: Geely
Shuningdek