Yangiliklar

YUNESKO O‘zbekistonni eng ko‘p ziyoratgohga ega mamlakat deb topdi

Osiyo qit’asi bo‘yicha
YUNESKO O‘zbekistonni eng ko‘p ziyoratgohga ega mamlakat deb topdi / Foto: Uzbekistan Travel

O‘zbekiston Osiyodagi eng ko‘p tarixiy shaharlar va islomiy ziyoratgohlar mamlakati sifatida YUNESKO tomonidan e’tirof etildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib etishga bag‘ishlangan roud-shou Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy turoperatorlar, sayyohlik kompaniyalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Foto: «Dunyo» AA

Turizm qo‘mitasi vakili Bekzod Murodullayev O‘zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish, yangi marshrutlar va turistik obyektlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, O‘zbekiston «Asia Records» tashkiloti tomonidan Osiyodagi eng ko‘p tarixiy shaharlar va islomiy ziyoratgohlar mamlakati sifatida e’tirof etildi va YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Tadbir doirasida sayyohlik kompaniyalari yo‘nalishlar va «Umra +» dasturi bo‘yicha safar paketlarini taqdim etdi. «Uzbekistan Airways» vakillari esa Malayziyadan kelgan yo‘lovchilar uchun yangi aviaqatnovlar va tranzit imkoniyatlari haqida bilan tanishtirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy turizm yagona platformasi xalqaro Booking va Agoda bilan integratsiya qilinishi haqida xabar bergan edik.