Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 961-golini urdi: «Al-Nassr» chempionlik poygasini davom ettirmoqda

31-yanvar 2026 11:39 eʼlon qilindi

Foto: MARCA

Saudiya Arabistoni Pro ligasining 19-turida «Al-Nassr» klubi safarda «Al-Xolud» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda 40 yoshli Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 961-golini kiritdi.

Chempionlik uchun kurashayotgan «Al-Nassr» ushbu g‘alabadan keyin 43 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasini egallab turibdi. Peshqadam «Al-Hilol»dan 3 ochko ortda qolayotgan Xorxe Jezus shogirdlari uchun har bir o‘yin finalga teng. «Al-Xolud» esa ligada jon saqlab qolish uchun kurashmoqda va ayni damda 15 ochko bilan 14-o‘rinni band etgan.

Foto: Sofascore

O‘yindan oldin Ronaldu jismoniy charchoq sababli bir nechta mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Murabbiylar shtabi tavakkal qilmaslik uchun unga dam berishni rejalashtirgandi. Biroq, xuddi «Damak»ka qarshi o‘yindagi kabi, Ronaldu bu safar ham asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasining eng muhim figurasi ekanligini isbotladi.

Uchrashuvning 47-daqiqasida Joau Feliks uzatgan to‘pni Ronaldu darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 53-daqiqada esa Muhammad Simikan darvozabonni ojiz qoldirdi. O‘yinga yakuniy nuqtani 87-daqiqada Kingsli Koman qo‘ydi, yakuniy hisob 0:3.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi deb topildigani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek