Yangiliklar

SpaceX sun’iy intellekt uchun orbitaga 1 million sun’iy yo‘ldosh uchirmoqchi

Yangi tizim orbital ma’lumotlar markazi sifatida ishlab, Yerning elektr tarmog‘iga yuklamani kamaytiradi
SpaceX EchoStar’dan $17 milliardlik spektr sotib oldi
Foto: IoT Word Today

SpaceX kompaniyasi Federal aloqa komissiyasiga sun’iy intellekt ishlashini ta’minlashga mo‘ljallangan 1 mlnta sun’iy yo‘ldoshni uchirish bo‘yicha ruxsat so‘rab murojaat qildi.

Kompaniya ushbu loyihani «Kardashev II darajasidagi sivilizatsiyaga aylanish sari birinchi qadam» deb ta’riflamoqda. Rejaga ko‘ra, tizim Quyosh energiyasidan to‘liq foydalanish imkonini beradi va bugungi kunda milliardlab odamlar uchun SI ilovalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Yo‘ldoshlar 500 km dan 2 ming km gacha bo‘lgan balandlikda va 50 km kenglikdagi tor orbital qatlamlarda harakatlanadi.

Foto: Pexels.com

Rejaning asosiy jihatlari quyidagicha: Yangi avlod sun’iy yo‘ldoshlari orbital ma’lumotlar markazi sifatida ishlaydi. Tarmoq ichida va Starlink tizimi bilan aloqa qilish uchun yuqori tezlikdagi optik kanallar qo‘llaniladi. Loyihani amalga oshirishda Starship raketasining ulkan yuk ko‘tarish imkoniyatidan foydalaniladi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, koinotda ma’lumotlarni qayta ishlash AQSh iqtisodiyoti iste’mol qiladigan energiyadan ham ko‘proq quvvat hosil qilish imkonini beradi. Bu esa Yerdagi elektr tarmoqlarini qayta qurish va ortiqcha yuklama muammosini hal qiladi. Hozirgi vaqtda Starlink guruhida 9500 ga yaqin apparat faoliyat ko‘rsatmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan SpaceX 2026-yil yozida IPO o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.