Samsung Galaxy S26 Ultra’da Linux-terminal paydo bo‘lishi mumkin

1-fevral 2026 13:41 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung Galaxy S26 Ultra
Foto: Android Headline

Samsung’ning kutilayotgan flagmani Samsung Galaxy S26 Ultra dasturchilar uchun qulay ish quroliga aylanishi mumkin. Android Authority nashrining xabariga ko‘ra, One UI 8.5 tizimi loglarida Android Virtualization Framework tilga olingan.

Bu texnologiya virtual mashinalarni ishga tushirish va to‘liq Linux-terminaldan foydalanish imkonini beradi. Qayd etilishicha, hozirgi Galaxy S25 Ultra modelida bu imkoniyat yo‘q.

Ekran tasviri Android Headline

Yangi funksiyaning paydo bo‘lishi Android 16 QPR2 bilan bog‘liq. Ushbu versiyada Google Linux-muhitni rasmiy qo‘llab-quvvatlashni joriy qilgan. Bu esa foydalanuvchilarga maxsus dasturlarni ishga tushirish imkonini beradi.

Avvalroq Samsung Galaxy S26 seriyasining rasmiy taqdimoti 25-fevralga rejalashtirilgan bo‘lsa-da, modellarning taxminiy narxlari e’lon qilingandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Ultra’ning 256 va 512 GB xotirali versiyalari avvalgi modeldan 100 yevroga arzon bo‘lishi mumkin. Yevropada ushbu smartfon narxi 1 350 yevrodan boshlanishi kutilmoqda. 1 TB versiya esa hozirgi narxda qoladi.

Shuningdek