
2-fevral kuni O‘zbekiston hududlarida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Kunduzi respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa yog‘ingarchilik prognoz qilinmayapti. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lib, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 11–16 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent shahrida kun davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol 5–10 m/s tezlikda esadi, ba’zan 12–15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Poytaxtda havo harorati 13–15 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik — yomg‘ir va qor yog‘adi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi ehtimoli mavjud, yo‘llarning ayrim qismlarida yaxmalak kuzatiladi. Shuningdek, qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda. Shamol tezligi 7–12 m/s bo‘lib, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 3–8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan fevralda qanday ob-havo bo‘lishi haqida yozgandi.