
2025-yilda yuk tashishlarga bo‘lgan talab yuk-tonna-kilometrlar hisobida 3,4 foizga oshdi. Bu haqda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) Kursiv Uzbekistan nashriga ma’lum qildi. Xalqaro yuk tashishlar bo‘yicha o‘sish 4,2 foizni tashkil etdi. Yuk tashish sig‘imi esa 3,7 foizga kengaydi.
Dekabr oyida global yuk talabi 2024-yil dekabriga nisbatan 4,3 foizga oshdi. Xalqaro yo‘nalishlarda bu ko‘rsatkich 5,5 foiz bo‘lgani qayd etildi.
IATA ma’lumotiga ko‘ra, yuk aviatsiyasida daromadlilik 2025-yilda 1,5 foizga pasaydi. Bu so‘nggi uch yildagi eng kichik pasayish bo‘lib, talab va taklif muvozanatga qaytayotganini ko‘rsatadi. Shunga qaramay, daromadlilik 2019-yil darajasidan 37,2 foiz yuqori saqlanib qolgan.
Shuningdek, xalqaro yo‘lovchi oqimi 7,1 foizga oshib, sig‘im 6,8 foizga kengaydi. 2025-yil dekabrida xalqaro talab 7,7 foizga oshdi, biroq yuklanish koeffitsiyenti 0,1 foiz punktga kamayib, 83,9 foizni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Norvegiya fuqarolarni mulk musodarasidan ogohlantirgani haqida yozgan edi.