
3-fevral kuni kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishi va qor ko‘chishi xavfi mavjud. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 13–15° iliq | 7–9° iliq | Kechasi va ertalab yomg‘ir, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 2–7° iliq | 3° sovuq–2° iliq | Kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Xorazm viloyati | 5–10° iliq | 0–5° iliq | Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin |
| Buxoro viloyati | 13–18° iliq | 4–9° iliq | Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Navoiy viloyati | 4–9° iliq | 0–5° iliq | Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 11–16° iliq | 4–9° iliq | Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 15–20° iliq | 5–10° iliq | Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 8–13° iliq | 0–5° iliq | Kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman tushishi mumkin |
| Respublikaning tog‘li hududlari | 0–5° iliq | 0–5° sovuq | Ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor, tuman tushishi, qor ko‘chishi xavfi |