800 mln so‘mlik Chevrolet Traverse Z71 sotuvga chiqdi

2-fevral 2026 15:26 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
800 mln so‘mlik Chevrolet Traverse Z71 sotuvga chiqdi
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors O‘zbekistonda yangi Chevrolet Traverse Z71 modeli sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Uning narxi 795 mln so‘mni tashkil etadi.

Ma’lum qilinishicha, avtomobilni xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni UzAuto Motors’ning barcha rasmiy dilerlik markazlarida rasmiylashtirish mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotni kompaniyaning +998 78 141 77 77 raqamli call-markazi orqali yoki rasmiy sayt orqali olish mumkin.

Foto: UzAuto Motors

Model haqida

Zamonaviy avtomobil bozorida kuch, qulaylik va texnologiyalarni birlashtirgan yirik krossoverlarga talab yuqori bo‘lib qolmoqda. Ushbu 7 o‘rinli, to‘liq yurituv tizimiga ega krossover ham aynan shu segmentga mo‘ljallangan. Model o‘zining yirik o‘lchamlari, kuchli turbodvigateli va keng ichki makoni bilan katta oila hamda uzoq safarlar uchun mos variant hisoblanadi.

Foto: UzAuto Motors

Avtomobil uzunligi 5 194 mm, kengligi 2 022 mm va balandligi 1 830 mmni tashkil etadi. G‘ildiraklar bazasi 3 072 mm bo‘lib, bu salon ichida yo‘lovchilar uchun keng joy yaratadi. Yo‘l oralig‘i 197 mm bo‘lgani sababli avtomobil shahar sharoitida ham, notekis yo‘llarda ham o‘zini ishonchli tutadi. To‘liq yurituv tizimi esa turli yo‘l sharoitlarida barqaror harakatlanishni ta’minlaydi.

Model 2,5 litr hajmli, 4 silindrli, qatorli turbodvigatel bilan jihozlangan. Dvigatelning maksimal quvvati 241 kVt yoki 328 ot kuchini tashkil etadi. Maksimal aylanish momenti 442 Nm bo‘lib, u 3 500 aylanishda erishiladi. Bu ko‘rsatkichlar avtomobilga tezkor va ravon harakatni ta’minlaydi.

Foto: UzAuto Motors

0 dan 100 km soat tezlikka chiqish vaqti 7,6 soniya. Ushbu natija yirik va 7 o‘rinli krossover uchun yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Uzatma sifatida 8 pog‘onali avtomat transmissiya qo‘llanilgan bo‘lib, u silliq va tejamkor uzatishni ta’minlaydi.

Yoqilg‘i sarfi aralash rejimda 11,2 litrni tashkil etadi. Shahar sharoitida bu ko‘rsatkich 11,7 litr, trassada esa 9,8 litrga tushadi. 82 litrli yonilg‘i baki uzoq masofalarga qo‘shimcha to‘xtamasdan harakatlanish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Damas test-drayv qilingani haqida yozgan edi va Atom elektromobili Chevrolet Traverse narxida chiqishi kutilayotgandi.

Shuningdek